Intellektual mulk agentligi mualliflik huquqi buzilishi uchun jarimani keskin oshirish taklifi bilan chiqdi

Foto: Fotolia
Intellektual mulk agentligi mualliflik huquqining buzilishi uchun jarimani bir necha barobarga oshirish taklifi bilan chiqdi. Tegishli qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e'lon qilindi.
Agentlik Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, xususan, 277-modda («Tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi egasining huquqlarini buzilishi»)ga o‘zgartirish kiritish taklifi bilan chiqdi.
Hozirda jazo fuqarolarga EKIHning 1 barobaridan 3 barobarigacha, mansabdor shaxslarga esa - 3 barobaridan 5 barobarigacha jarima solinishini nazarda tutadi.
Qonun loyihasi fuqarolar uchun jarima miqdorini EKIHning 5 barobaridan 10 barobarigacha, mansabdor shaxslarga esa - 10 barobaridan 20 barobarigacha o‘zgartirishni taklif qilmoqda.
Jarima solinganidan so‘ng bir yil davomida takroran sodir etilgan huquqbuzarlik uchun – fuqarolarga EKIHning 10 barobaridan 20 barobarigacha, mansabdor shaxslarga – 20 barobaridan 30 barobarigacha.
Bundan tashqari, Agentlik kodeksni ikkita yangi modda bilan to‘ldirishni taklif qilmoqda:
• Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning buzilishi (177-1) – fuqarolarga jarimalar EKIHning 1 barobaridan 5 barobarigacha, mansabdor shaxslarga – 5 barobaridan 10 barobarigacha, musodara etish bilan. Takroriy qonun buzilishi uchun – 5 barobardan 10 barobargacha, mansabdor shaxslarga – 10 barobardan 20 barobargacha.
• Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga huquqlarning buzilishi (177-1) – fuqarolarga jarima EKIHning 5 barobaridan 10 barobarigacha, mansabdor shaxslarga – 10 barobardan 20 barobargacha. Takroriy buzilish uchun – EKIHning 10 barobaridan 20 barobarigacha, mansabdor shaxslarga – 20 barobardan 30 barobargacha.
Qonun loyihasini 6 iyun kunigacha muhokama qilish mumkin. 28 avgust kuni kuchga kirishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

16:02 / 04.04.2025
Xonanda Anvar G‘aniyev mualliflik huquqini buzgani ma’lum bo‘ldi

17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi

14:56 / 01.04.2025
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi

15:50 / 27.03.2025