Jinoyat işlari böyiça Çust tumani sudi raisi Jahongir Yakubxöjayev jarimaga tortildi. Bu haqda Kun.uz söroviga javoban Sudyalar oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarov ma’lum qildi.
Unga köra, Namangan viloyat sudlari sudyalari malaka hay’ati qarori bilan jinoyat işlari böyiça Çust tumani sudi raisiga nisbatan jarima intizomiy jazo çorasi qöllangan. Tursunali Akbarov jarima miqdoriga oydinlik kiritmadi.
Kun.uz manbasiga köra, Jahongir Yakubxöjayevga örtaça oylik maoşining 15 foizi miqdorida jarima tayinlangan.
Jahongir Yakubxöjayev 2025 yil 18 yanvar kuni öz xizmat xonasida yordamçisi Şohjahon Yaxşiboyevni kaltaklagan. Jarohat olgan yordamçi Töraqörğon tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan. Tibbiy ma’lumotnomada Yaxşiboyev yuz sohasi yumşoq töqimalari lat yeyişi tan jarohati olgani körsatilgan.
Sudyalar oliy kengaşi holat yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlanganini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uçun, Jahongir Yakubxöjayev 2023 yil iyul oyida sudyalik vakolati muddati davrining beş yil muddatiga jinoyat işlari böyiça Çust tuman sudining raisi lavozimiga tayinlangan. Bungaça u jinoyat işlari böyiça Izboskan tumani sudi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.







