27 mart kuni qabul qilingan qonun bilan Jinoyat kodeksiga özgartirişlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi. Xususan, Jinoyat kodeksining 244-moddasiga ommaviy tartibsizliklar sodir etiş maqsadida öquvdan ötganlik hamda uşbu faoliyatni moliyalaştirganlik uçun javobgarlikni belgilovçi özgartiriş kiritildi.

Qonunga köra, şaxsning ommaviy tartibsizliklar sodir etiş maqsadida öquvdan ötişi, şu jumladan ommaviy tartibsizliklarni sodir etiş bilimini, amaliy mahoratini va könikmalarini egallaşi, öquv çoğida qurol-yaroğ, portlatiş qurilmalari, portlovçi, zaharlovçi, atrofdagilar uçun xavf tuğdiradigan boşqa moddalar va buyumlar bilan muomala qiliş usullarini örganişi:

●     BHMning 300 baravaridan 600 baravarigaça miqdorda jarima yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 5 yildan 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilandi.

Şuningdek, uşbu jinoyatni sodir etgan şaxs, agar u öquvdan ötganligi töğrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravişda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni foş qilişga yoki bunday öquvdan ötgan, öquvni amalga oşirgan, taşkil etgan yoxud moliyalaştirgan boşqa şaxslarni, şuningdek öquv ötkazilgan joyni aniqlaşga faol kömaklaşsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boşqa tarkibi mavjud bölmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi. Adliya vazirligi qonunning töliq matnini e’lon qilmadi.

2024 yil dekabr oyida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida uşbu qonun haqida boş prokuror örinbosari Svetlana Ortiqova ma’lumot bergan edi. Ortiqova bu jazo onlayn tarzdagi öquvlarda qatnaşayotgan şaxslarga ham taalluqli bölişini, bunday öquvlarda kimdir bilib, kimdir bilmay qatnaşişini aytgandi.