Taniqli xonanda Anvar Ğaniyev navoiylik şoira Gulçiroy Dilkuşoning (Gulçiroy Sayilova) uçta şe’rini mualliflik huquqini buzgan holda qöşiq qilib, omma e’tiboriga yetkazgani aniqlandi. Iş sud tartibida körib çiqilgan.
Ma’lum bölişiça, Anvar Ğaniyev şoiraning “Soğintirib qöydingiz-ku”, “Soğinmadingmi?” va “Muhabbatning qadri arzon böldi-ku” nomli şe’rlarini mualliflik şartnomasi tuzilmasdan ijro etgan. Qolaversa, xonanda uşbu qöşiqlarni internet tarmoği orqali omma e’tiboriga havola qilgan.
Uşbu harakatlari uçun xonanda jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudining 2024 yil 7 fevraldagi qarori bilan MJtKning 177-1-moddasi (mualliflik huquqini va turdoş huquqlarni buziş) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Sud MJtKning 21-moddasini qöllagan holda xonandani ma’muriy javobgarlikdan ozod qilgan va ogohlantiriş bilan kifoyalangan.
Şoira Gulçiroy Dilkuşo mualliflik huquqi buzilgani uçun Anvar Ğaniyevdan 300 mln söm miqdorida tovon puli undirişni sörab, sudga da’vo arizasi kiritgan. Fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudining 2024 yil 24 iyuldagi hal qiluv qarori bilan xonandadan şoira foydasiga 85 mln söm tovon puli undiriş belgilangan.
Xonanda apellyatsiya şikoyati kiritgan hamda sudning hal qiluv qarorini bekor qilib, da’voni rad etiş haqida yangi qaror çiqarişni söragan. Toşkent şahar sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’atining 2024 yil 15 oktyabrdagi ajrimi bilan apellyatsiya şikoyati qisman qanoatlantirilgan. Ya’ni dastlabki sud qarori özgartirilib, tovon puli 85 mln sömdan 18 mln 750 ming sömga tuşirilgan.
“Oğir xastalik böyiça davolanib kelaman. Bir kuni pulga muhtoj bölib, Anvar Ğaniyevdan 1 mln söm söradim. U bank kartamga ötkazib berişini aytdi. Ammo birozdan söng pul topilmaganini bildirib, “sizni namozlarimda duo qilaman”, dedi. Mening şe’rlarim asosida kuylagan qöşiqlarini ijtimoiy tarmoqlardagi köplab musiqiy kanallarda e’lon qilgan”, deydi Kun.uz jurnalisti bilan suhbatlaşgan şoira Gulçiroy Dilkuşo.

Ijodkorning qöşimça qilişiça, hozirda u buzilgan huquqlari oqibatida yetkazilgan zarar yetarliça baholanmagani uçun taftiş tartibida şikoyat kiritgan.
Oldinroq şoira Mahliyo Ahrorovaning “Gözal yorim” şe’rini uning ruxsatisiz yillar davomida “Sevar yorim” nomi ostida kuylab kelgani uçun xonanda Avazbek Olimovdan sud qarori bilan şoira foydasiga 150 mln söm tovon puli va 20 mln söm ma’naviy zarar undirilişi








