Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda kelin 5 oylik farzandi bilan molxonada saqlab kelingani aniqlandi
Er o‘z onasi bilan til biriktirib, xotinini bir necha oy davomida zo‘ravonlik bilan molxonada saqlab kelgan. Profilaktika inspektori jabrlanuvchilarni qutqarish uchun molxona eshigini buzib kirishiga to‘g‘ri kelgan. Ona va bola shifoxonaga joylashtirilib, erkak va uning uch qarindoshi qamoqqa olindi.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Uzun tumanida ayol va chaqalog‘iga nisbatan tazyiq o‘tkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat Surxondaryo viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 26 avgust kuni IIBga Uzun tumanidagi mahallalarning birida noma’lum ayol kishi antisanitariya holatida xonadon egalari tomonidan molxonada majburiy ushlab turilganligi haqida xabar kelib tushgan. Unga asosan mahalla profilaktika inspektori zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va xonadon egalarining qarshiligiga qaramasdan molxona eshigini buzib kirgan. Molxonada 44 yoshli xonadon egasi Sh.A. 28 yoshli turmush o‘rtog‘i X.G. va uning 5 oylik chaqalog‘ini og‘ir sharoitda majburlab saqlab kelayotgani aniqlangan. Jabrlanuvchilar zudlik bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.
Holat o‘rganilganda, Sh.A. shu xonadonda yashovchi onasi va yaqin qarindoshlari bilan til biriktirib, turmush o‘rtog‘i X.G.ni bir necha oy davomida tazyiq va zo‘ravonlik ishlatgan holda majburiy ravishda xonadondagi molxonada yashirin saqlab kelgani aniqlangan. Ular ayolning ruhiy holatida o‘zgarishlar borligidan (tilida nuqsoni borligi, fikrlarini to‘liq bayon qilishga qiynalishi) foydalangan.
Hozirda jabrlanuvchi X.G. Uzun tumani tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limiga, farzandi esa tug‘uruq bo‘limiga joylashtirilgan. Ularning sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyat viloyat ijtimoiy himoya boshqarmasi mas’ullari tomonidan alohida nazoratga olingan.
Holat yuzasidan Uzun tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 7-qismi “a, ye”, bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar Sh.A. va uning ishga aloqador bo‘lgan uch nafar yaqin qarindoshi protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Shuningdek, jinoyat ishi Surxondaryo viloyati IIB tomonidan qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, ish yuzasidan barcha tegishli sud-tibbiyot ekspertizalari tayinlangan.
Mavzuga oid
19:51 / 24.12.2025
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
18:18 / 18.12.2025
Tanqiddan so‘ng: taftish instansiyasi ajrimi bilan Akmal Shukurov qamoqqa qaytarildi
21:44 / 17.12.2025