Bezoriligi uçun 8 yilga qamalgan va apellyatsiya sudi tomonidan ozodlikka çiqarib yuborilgan Akmal Şukurovga oid jinoyat işi taftiş instansiyasida qayta körib çiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahar prokuraturasi taftiş tartibida protest kiritib, A.Şukurovga nisbatan apellyatsiya sudi tomonidan 2025 yil 9 dekabrda çiqarilgan ajrimni bekor qilişni söragan.

Protestda JIB Mirzo Uluğbek tuman sudining hukmini özgartirib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan tayinlangan jazoni özgartiriş hamda 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 2-qismi “ye” bandi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosini özgarişsiz qoldiriş söralgan.

 Jinoyat işi Toşkent şahar sudining 3 nafar sudyadan iborat taftiş hay’ati tomonidan qayta körib çiqilib, prokuratura protesti qanoatlantirilgan. E’lon qilingan ajrimga köra birinçi instansiya sudining hukmi özgartirilgan hamda apellyatsiya instansiya sudining ajrimi bekor qilingan.

Akmal Şukurovga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat doirasida yetkazilgan moddiy zararning örni qoplanganligi sababli uşbu kodeksning 57-moddasini qöllagan holda iş haqining 20 foizini davlat daromadiga uşlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan. Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi hamda 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan tayinlangan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi asliça qoldirilişi belgilangan.

Şu tariqa, tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan Akmal Şukurovga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Uning qamoqda saqlangan kunlari tayinlangan jazodan çegirilib, ötaş uçun 5 yil 3 oy 12 kun muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qoldirilgan. 

Toşkent şahar sudining uşbu ajrimi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga taftiş tartibida şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi ma’lum qilingan.

Akmal Şukurov işi 

Akmal Şukurov 2025 yil 16 mart kuni tunda Yakkasaroy tumanidagi “The Tower” mehmonxonasi yonida restorandan çiqqan ayolga tegajoğlik qilgan. Ayolning turmuş örtoği xotinining şa’nini himoya qilganida Akmal Şukurov erkak va ayolga, şuningdek, voqea joyida bölgan yana bir erkakka zarba bergan. Buning oqibatida ular yengil tan jarohati olişgan.