Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaharda yoz, dovonda ayoz: Taxtiqorachadan o‘tish mashaqqati (fotogalereya)
Toshkent – Termiz yo‘lidagi Taxtiqoracha dovonidan (Samarqand viloyati Urgut tumani va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani orasida) o‘tar ekansiz xayolingizdan bir gap o‘tadi: adirlarda salkam yoz, dovonda esa ayoz...
Havo haroratining ko‘tarilgani tog‘li hududlarda bilingan yo‘q. Xususan, Urgut tog‘lari orqali Qashqadaryoga o‘tishda bu holat yaqqol ko‘zga tashlanadi. Dovonda yog‘ayotgan qor ko‘z ochirmaydi. Qor yo‘llarni ham qoplab, muzlama hosil qilgan. O‘tgan oyning o‘zida dovonning ikki marta vaqtinchalik yopilishi bekorga emas.

Shu kunlarda qor yog‘ishi nisbatan kamaygani uchun bu yo‘l ochiq, ammo o‘tish oson emas. Mashinalarning aksariyati toqqa ko‘tarilishda to‘xtab qoladi. Suratlarda ko‘rayotganingiz mahalliy aholi yoshlarining har birida talaygina temir zanjirlar bor. Ular haydovchilarga dovondan olib o‘tishda yordamlashmoqda. Ular mashina g‘ildiraklariga zanjir o‘rnatib berishadi. Dovondan o‘tgach, zanjirni egasiga qaytarasiz va 50 mingdan 150 ming so‘mgacha to‘laysiz, kelishuvga qarab. Bozor iqtisodiyoti axir.


Xohlasangiz, arzonroq servis ham topiladi. Bir qator yoshlar toqqa ko‘tarilishda mashinangizni piyoda itarib boradi. Ularni qanday rozi qilish endi himmatingiz.


Dovondagi aksariyat oshxonalar va maishiy xizmat shoxobchalari faoliyatini to‘xtatgan. Qorli yo‘lni qiyinchilik bilan bosib o‘tgach qanday ajoyib joylardan yurganingiz haqida o‘ylay boshlaysiz. Dovondan o‘tayotib imkon boricha chinakam qish havosi ufurib turgan Taxtiqorachani suratga olib, rasmlarni sizga ham ilindik.













Anvar Mustafoqulov
Mavzuga oid
12:51 / 14.03.2021
Taxtiqoracha dovoni qordan tozalanib, avtomobillar harakati uchun ochildi
22:51 / 13.03.2021
Taxtiqoracha dovoni vaqtincha yopildi
13:09 / 25.02.2021
Taxtiqoracha dovonida transport vositalari harakati tiklandi
12:51 / 28.12.2020