Jamiyat | 14:46 / 07.07.2016
4327
1 daqiqa o‘qiladi

Stiven Soderberg Panamadagi ofshor mojarosi haqidagi filmga prodyuserlik qiladi

“Oskar” mukofoti laureati Stiven Soderberg Panamadagi ofshor mojarosi haqidagi filmga prodyuserlik qiladi. Bu haqida ComingSoon ma'lum qildi. Unga ko‘ra, Soderberg ushbu loyihada rejissyor sifatida ham ishtirok etishi mumkin. 

Filmga Jyeyk Bernstaynning “Maxfiyat dunyosi” hujjatli asari asos qilib olinadi. Stsenariyni Soderberg bilan “Axborotchi!”, “Zararlanish” va “Teskari ta'sir” lentalarida birga ishlagan Skott Z. Byorns yaratadi. 

Filmga egalik qilish huquqi  Grey Matter Productions kompaniyasiga tegishli. Uning ekranizatsiyasi Anonymous Content bilan hamkorlikda suratga olinadi. 

3 aprel kuni dunyo yetakchilari, siyosatchilari, sportchilari va madaniyat arboblarining ofshor bitimlarga aloqadorligiga doir keng qamrovli tergov ishlari haqida rasmiy xabar tarqalgan. 
 

Mavzuga oid