Netflix striming platformasi Amir Temurning hayoti va hokimiyat sari yöli haqida hikoya qiluvçi «Sönggi fotihning yuksalişi» nomli filmni suratga oliş jarayonini yakunladi.

Ijodkorlarning sözlariga köra, film buyuk sarkardaning yuksalişi haqidagi epik voqeani tarixiy aniqlik va davr muhitiga alohida e’tibor bilan hikoya qiladi.

«Biz mintaqaning eng muhim arboblaridan biri yaşab, jang qilgan joyda kino tasvirini jonlantirdik. Bu film uçun bebaho», deyiladi xabarda.

Film rejissyori Jyeykob Şvars, ssenariy muallifi Metyu Grin. Amir Temur rolini Kristian Mortensen, amir Husayn rolini Maheş Jadu, Amir Temurning rafiqasi Öljoy Turkon rolini özbek aktrisasi Yulduz Rajabova ijro etgan.

Filmni suratga oliş jarayoni 2022 yil oxirida boşlangan va 2024 yil kuzida yakunlangan. Suratga oliş işlari Özbekiston va Qozoğistonda bölib ötgan.

Hozir film post-prodyuserlik bosqiçida. Premera 2025 yil yozi oxirida kutilmoqda.