Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Amerikadagi Buyuk ko‘llarda sirli obekt videoga olindi
Foto: Jason Asselin/YouTube
AQSh va Kanada hududlarida joylashgan Buyuk ko‘llar tarkibiga kiruvchi Yuqori ko‘l suvlarida sirli noma'lum obekt payqaldi va videoga suratga olindi. Bu obektga "kema-sharpa" deb nom ham berildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
Tushuntirib bo‘lmas bu holatdan YouTube’da Michigan shtatida yashovchi Jyeyson Asselin tomonidan chop etilgan bir daqiqalik rolik guvohlik bermoqda. Video ayni vaqtgacha 500 mingdan ko‘proq marta ko‘rilgan. Rolik muallifining ta'kidlashicha, noma'lum obekt uning ko‘z o‘ngida g‘oyib bo‘lgan.
Jism uzoqdan to‘lqinlar kelib urilayotgan ikkita vertikal minoralarni eslatadi. Ko‘plab tomoshabinlar gap o‘ziga xos sarob haqida ketayotgani haqida fikr bildirishgan. Biroq g‘ayritabiiy voqealar ixlosmandlariga ko‘l ostidan suv sirtiga chiqayotgan "kema-sharpa" versiyasi ko‘proq yoqmoqda. Buyuk ko‘llar tarixi jamiyati ma'lumotlariga ko‘ra, Yuqori ko‘l ostida 550 dan ko‘proq kema qoldiqlari "qo‘nim topgan". Hammasi bo‘lib bu orollar tizimi tubida 6 mingdan ko‘proq kema qoldiqlari bor.