AQŞda 1892 yilda Buyuk köllarda çökib ketgan Western Reserve kemasining qoldiqlari topildi. Hodisa oqibatida 27 kişi halok bölgandi, deb yozadi Associated Press.
Western Reserve töliq pölatdan qurilgan dastlabki yuk kemalaridan biri edi. Uzunligi 91 metr bölgan bu kema suvdagi eng xavfsiz kemalardan biriga aylanişi kutilgan. Uning egasi Piter Minç kemasi bilan şu qadar faxrlanganidan 1892 yil avgust oyida rafiqasi va yoş bolalarini özi bilan sayohatga olib çiqqan.
30 avgust kuni kema Yuqori köldagi Uaytfiş körfaziga kirganida böron kötarilgan. Kema tölqinlar zarbiga doş bera olmay ikkiga bölinib ketgan. Barça yölovçilar orasidan faqat rul boşqaruvçisi omon qolgan. U avvaliga qutqaruv qayiğida, söng qayiq ağdarilganidan keyin özi qirğoqqaça 1,6 kilometr masofani suzib ötişga muvaffaq bölgan.
2024 yil iyulida Buyuk köllar kema halokatlarini örganuvçi olimlar köplab çökkan kemalarga duç keldi. Ulardan biri texnologik jihatdan ança rivojlangan bölib çiqdi. Western Reserve kemasi “jiddiy şikastlangan” bölsa-da, uning qoldiqlari sovuq çuçuk suvda yaxşi saqlanib qolgan.
Olimlarning ta’kidlaşiça, Buyuk köllarda kuçli böronlar mavsumi faqat noyabr oyida boşlanadi. Kema korpusining zaifligi va tölqinlarga bardoş bera olmagani sababli çökib ketgan bölişi mumkin. Ma’lum qilinişiça, “Titanik”ni qurişda Western Reserve uçun işlatilgan pölatdan foydalanilgan. Bu kemaning juda tez çökişiga sabab bölgan omillardan biri bölişi mumkin.











