Agentlikning asosiy vazifalaridan biri og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan aholi bilan manzilli ishlashni tashkil qilishdan iborat bo‘lib, aholining 31 ta toifasiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etadi.
Xususan:
- keksa yoshdagi shaxslar va qariyalar;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- kam ta’minlangan oilalar;
- zo‘ravonlikka uchragan shaxslar;
- nogiron farzandlari bo‘lgan oilalarga va ota-onasining biri nogiron bo‘lgan bolalar;
- vasiylikka olingan oilalar;
- yetim va chin yetim bolalar;
- alohida ta’lim-tarbiyaga muhtoj shaxslar ijtimoiy yordam va xizmatlar bilan qamrab olinadi.
Agentlik tomonidan aholiga quyidagi asosiy ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatiladi:
- kam ta’minlangan oilalarga hamda mehnatga layoqatsiz aholiga nafaqalar va moddiy yordamlar berish;
- keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda mehnat faxriylari uchun sanatoriylar hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
- aholini protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishini ta’minlash;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarning yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish;
- og‘ir ijtimoiy oilalar bilan ishlash;
- ruhiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish;
- tazyiq va voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish;
- yetim va chin yetimlar bilan manzilli ishlash;
- ehtiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlarini ko‘rsatish.
2023 yil 15 iyundan boshlab agentlik tarkibiga quyidagi tashkilotlar bosqichma-bosqich o‘tkaziladi:
- Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari;














