Qiş arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga gaz va elektr energiyasi tölovlari uçun yilda bir marta kompensatsiya tölanadi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.

Agentlikka köra, bir martalik kompensatsiyalar 1,4 mln muhtoj oilani qamrab oladi. Davlat buning uçun 370 mlrd söm ajratgan.

Mablağlar 27 noyabrdan keyin tölab beriladi. Oktyabr oyi oxirigaça “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Mahalla uyuşmasi va hokimliklar ehtiyojmandlar röyxatini şakllantiradi.

Kompensatsiya oladiganlar röyxatiga quyidagilar kiritiladi:

  • asosiy röyxat böyiça – “Ijtimoiy himoya” reyestri orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan oilalar (1,2 mln oila);
  • qöşimça röyxat böyiça – boşqa ehtiyojmandlar (180 ming oila).

Qayd etilişiça, bu tölov gaz va elektr energiyasiga tariflar oşişi oqibatini yumşatişda yordam beradi.

Ta’kidlanişiça, kompensatsiya yilda bir marta tölanadi. Miqdori – 270 ming söm.

Ehtiyojmand aholi bu kompensatsiyadan taşqari elektr energiyasi va gaz tölovlari böyiça boşqa şakldagi yordamni ham olişi mumkin. Bu haqda quyiroqda ma’lumot beriladi.

Ijtimoiy himoya agentligi 270 ming sömlik kompensatsiya masalasiga oid ayrim savollarga javoblarni keltirib ötgan.

Agar nogironligi bor bola uçun nafaqa olayotgan bölsam, asosiy röyxatga kiramanmi?

Yöq. Asosiy röyxatga “Ijtimoiy himoya” reyestri orqali bola nafaqasi va/yoki moddiy yordam oluvçi oilalar kiradi. Ammo siz qöşimça röyxatga kirişingiz mumkin.

Agar asosiy röyxatga kirsam, kompensatsiyani qanday olaman?

Agar oila “Ijtimoiy himoya” reyestri orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan bölsa, kompensatsiya avtomatik ravişda öşa kartaga tuşadi. Heç narsa qiliş talab etilmaydi.