Uşbu loyiha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, jumladan, nogironligi bölgan şaxslar va tayanç harakatida muammolari bölgan bolalar uçun ijtimoiy soha obektlari, ta’lim muassasalariga borib kelişiga qulayliklar yaratiş maqsadida yölga qöyildi.
Xizmatdan foydalaniş Yandex Go ilovasi orqali amalga oşiriladi. Ilovada nogironligi bölgan şaxslarning ehtiyojlariga moslaştirilgan maxsus funksiya bor. Ular manzilga yetib oliş uçun “Start”, “Komfort” yoki “Komfort+” tariflaridan birini tanlaşi mumkin va barça tariflarda xizmat narxlari özgarmaydi.
Buyurtmani qabul qilgan haydovçiga mijozni manzilga olib boriş davomida quyidagi maxsus vazifalarni amalga oşiriş kerakligi haqida xabar beriladi, masalan:
- manzil kartoçkasida foydalanuvçiga maşinani topiş, uning yoniga keliş va salonga ötirişga yordam beruvçi izoh körinadi;
- eşitişida muammolari bölgan şaxslarga haydovçi çat orqali muloqot qilişni söraşi kerak böladi;
- “nogironlik aravaçasidaman” bu funksiya tanlangan bölsa, haydovçida “nogironlar aravaçasida bölaman, maşinaga ötirişda yordam, böş yukxona kerak” izohi körinadi.








