Uning bayon qilishicha, tashkilotning viloyat kengashi tomonidan joriy yilning 3–7 fevral kunlari poytaxtda malaka oshirib kelishi uchun xat kelgan. U xizmat safari vaqtida qilinishi mumkin xarajatlar uchun mablag‘ o‘zida bo‘lmagani sababli safar xarajatlarini tashkilot hisobidan oldindan to‘lab berishini so‘rab, rahbar Farruxjon Jovbo‘riyevdan yordam so‘raydi.

F.Ch tahririyatga taqdim qilgan bir yarim soatlik audioning atigi 6 daqiqasida boshliqning ma'naviy qiyofasi, o‘zi va o‘zgalarga qo‘ygan bahosi haqida bilib olish mumkin.

Audioda rahbar nafaqat ushbu xodimni, balki jamoadagi boshqa xizmatchilarni ham haqoratlar bilan «siylagan»:

«Telefon qilishga kim vakolat berdi senga? Enammisan, kimsan?! Pul so‘raysan mendan? Sen kim tashkilotda! Vositachisan sen. Obiting ham, Ahmating ham, Zariping ham, qorovuling ham, shopiring ham kim? Bugun men egaman. Tashkilotni qoidasida yozgan ana shu narsani. Birorta aqlli ***ng anaqa ketsa, qaytib kelgandan keyin hisob-kitob qil, buxgalteringga komanda ber, nimasini (safar xarajatlari — tahr.) tashlab bersin, degan. Men sen uchun jinoyat qilayinmi? Ket, to‘g‘ri kelmayaptimi senga tashkilot? Ket! Qayerga ketsang ketaver, mana bu tomonda uying. Senga kim «doljyen», qaysi pul, o‘zing uchun zahar yut... Boshqarmangni «qo‘yib qo‘yibman!» Ula telefonni! Agar ***mni jyepti, qo‘pol bo‘sayam. Sen menga *** telefon qilma, seni ering emasman! Boshlig‘ing bo‘lsam, bor, o‘qib kel, hisob-kitobingni qilib beraman.

Ay, puling yo‘qmi, shu joy senga kerakmi, o‘qishga bormagan odamni ishlatmayman. Nima ishlataman, kimsan sen?! Ertaga bir tepib chiqarib yubormasligim uchun malakangni oshir, deb kelyapti. Sen aytgan kitobni yuz marta o‘qiganman. Sen o‘zingcha aqlli bo‘lma ***. Maryaming kim, kim u, boshqarmani boshlig‘ini «qo‘yib qo‘yganman», bir *** kim menga, iltimos qilma! Qiziq ekansan sen. Men otamga iltimos qilmaganman. Maryam bilan senga o‘xshagan aqlliga tuflimni arttirmayman. Sen menga unday nima qilma.

Menda juda ko‘p narsa bor! Nima deysan, nima men senga pul ajratib beraman? Hay, achka (ko‘zoynakli demoqchi — tah) ering bor, otang bor, enang bor! Men senga «doljyen» emasman. Ering bo‘masa mana bu yerga nima yotqizib qo‘yibsan? Ko‘rmay ***! Ko‘rmay! Kimsan, sekretarsan-da! Bilmayman nima deb yurganingni. Sayrama sen! Nima mendan so‘raysan, o‘zbekchalab aytyapman! Tashkilot «doljyen» emas! Tashkilot sengayam, sendan aqlli mana bu yerdagi ikkita ***o‘rgayam doljyen emas. Tashkilot qachon «doljyen» bo‘ladi — sen kelasan, yotgan bo‘lsang mehmonxonada uch mahal ovqatingni yeysan, ellik mingdanmi, 100 mingdanmi, 150 mingdanmi, 30 mingdanmi — kvitansiya olib kelasan! Borib kelishingga tezyurarmi, samolyotmi, taksimi — mingan nimasini olib kelasan, keyin men senga nima qilib beraman! Bilmayman men, oylik olgansan, boshqa qilgansan... Senga balki samolyot ham uchirib bergandir, bugun men shuni qilmayman, qanday tushunding?! Seni malakangni oshirish uchun nima men «doljyen»manmi? Kim uchun boryapsan, men uchun boryapsanmi? Ja, aqllisan-ye!