O‘zbekiston | 07:40 / 23.02.2024
5118
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egallab turibdi

23 fevralda Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Foto: Kun.uz

IQAir portaliga ko‘ra, soat 7:30 atrofida Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 172 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Reytingda 1-o‘rinni Pokistonning Lahor shahri egallagan — PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 180 mkg/m3. Hindistonning Dehli shahri 2-pog‘onada — 173 mkg/m3. Reytingdagi o‘ntalikdan, shuningdek, Yangon (Myanma), Xanoy (Vetnam), Karachi (Pokiston), Dakka (Bangladesh), Chiang-May (Tailand), Kalkutta (Hindiston), Tehron (Eron) egallagan. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.

21 fevral kuni Toshkent jahonda havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 1-o‘ringa chiqqandi.

Mavzuga oid