Toşkent davlat agrar universiteti hududida 30 sentabr oqşomda yirik yonğin soat 21:36 da qurşab olinib, 22:10 da batamom öçirildi, deya xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qayd etilişiça, yonğin haqidagi xabar soat 20:10 da kelib tuşgan bölib, yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar töğrisida FVVga ma’lumot kelib tuşmagan.

Yonğinni bartaraf etiş jarayonini favqudodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qöldoşev bevosita voqea joyidan boşqarib bordi, deyiladi xabarda.

Rasmiy axborotda qança maydonni qamrab olganiga aniqlik kiritilmagan. Favqulodda vaziyatning ehtimoliy sabablari ham noma’lum bölib qolmoqda.