Toşkent şahrida ikki haftada turli şaxslardan köp miqdorda giyohvandlik vositalari va psixotrop hamda kuçli ta’sir qiluvçi dorilar olingan. Bu haqda şahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahrida 2024 yilning 20 sentabr kunidan 20 oktyabr kuniga qadar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş oyligi ötkazilmoqda. 

Oylik doirasida ötkazilgan tadbirlarda turli şaxslardan 29 kg 486 gr giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, 8 547 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari tegişli tartibda rasmiylaştirilib olingan. 

Şuningdek, 94 ta giyohvandlik moddalari va kuçli ta’sir qiluvçi dori-vositalarini yaşiriş yöli bilan tarqatiş holatlari aniqlangan. 

Qayd etilişiça, bu turdagi jinoyatlar yuzasidan 260 tadan ziyod jinoyat işlari qözğatilgan. 

“Hurmatli hamşaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Siz ham uşbu oylik doirasida faol iştirok etişingizni söraymiz. Giyohvandlik moddalari yoki kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini tarqatiş bilan şuğullanuvçilar, şuningdek, narkograffiti yozuvlarini yozib ketuvçi şaxslar haqida biror ma’lumotga ega bölsangiz, hududiy profilaktika inspektoriga, yaqin oradagi IIBga, https://t.me/stopnarko_bot Telegram boti yoki @murojaat_narko2024 Telegram akkaunti orqali murojaat qilişingiz mumkin”, deyiladi xabarda.