Sport | 15:00 / 16.07.2017
6484
2 daqiqa o‘qiladi

«Zenit» mavsumni g‘alaba bilan boshladi

«Zenit» Rossiya chempionatining ilk turida «SKA-Xabarovsk» klubiga qarshi o‘ynadi. Xabarovskdagi Vladimir Lenin nomidagi stadionda kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Bu piterliklar jamoasining Roberto Manchini rahbarligidagi ilk rasmiy uchrashuvi va ilk g‘alaba bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida jamoa debyutanti Daler Kuzyayev raqib jarima maydoni hududida Oleg Shatovdan to‘pni qabul qilib oldi va uni osonlik bilan darvoza to‘riga joyladi.

81-daqiqada Sebastyan Driussi va Leandro Paredes o‘zaro to‘p oshirishib, Shatovni oldinga chiqarishdi, chap qanotda yugurgan futbolchi darvoza to‘sini ostiga to‘p uzatdi va Aleksandr Kokorin qiyinchiliksiz darvozani ishg‘ol etdi.

Ikkinchi turda «Zenit» «Rubin»ni qabul qiladi (22 iyul), «SKA-Xabarovsk» esa safarda Tulaning «Arsenal» klubiga qarshi o‘ynaydi (24 iyul).

15 iyul kuni birinchi tur doirasida TsSKA «Anji»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgandi, «Ural» esa «Rostov» qarshi o‘yinda durang o‘ynadi (1:1).

Bugun shuningdek, «Dinamo»-«Spartak», «Lokomotiv»-«Arsenal», «Rubin»-«Krasnodar» uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Rossiya chempionati
1-tur

SKA Xabarovsk – Zenit 0:2
Gollar: 0:1 – 52 Kuzyayev, 0:2 – 81 Kokorin.
SKA Xabarovsk – Dovbnya, Grishko, Putsko, Ediyev, Cherevko (Savichev, 74), Balyaykin (Druzin, 90), Dedechko, Nikiforov, Kazankov (Fedotov, 85), Koryan, Leskano.
Zenit – Lunev, Netu, Krishito, Ivanovich, Smolnikov, Paredes, Juliano (Driussi, 74), Yeroxin (Kuzyayev, 46), Shatov (Ernani, 90), Dzyuba, Kokorin.
Ogohlantirishlar: Yeroxin (30), Smolnikov (40), Kazankov (42), Kokorin (67), Kuzyayev (85).

Mavzuga oid