«Soçi» klubi öz rasmiy saytida «Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorinni mavsum söngigaça ijaraga olganini e'lon qildi. Ammo «Zenit» klubining rasmiy sayti bu transferni e'lon qilgani yöq.

Kokorinning «Soçi»ga ötgani haqidagi xabardan bir neça soat ötib, Qatarda yiğin ötkazayotgan «Zenit» klubining mahalliy «Al-Uvaynah» jamoasiga qarşi örtoqlik öyinida (10:0) Kokorin jamoa sardori sifatida maydonga  tuşdi va xet-trikka erişdi. Bu Kokorinning qamoqdan çiqqandan söng ilk öyini edi. Bahsdan söng peterburgliklar boş murabbiyi Sergey Semak uşbu vaziyatga töxtalib, futbolçining jamoaga kerak ekanligini aytdi. 

Foto: Zenit

«Albatta, Kokoringa bu xabarni eşitiş yoqimsiz böldi. U bugungi yangiliklardan xafa. Saşaning maydonga tuşişi bizning unga bölgan işonçimizdir. U – bizga kerak bölgan futbolçi, buni u har bir maşğulotda, hatto bugungi öyinda ham isbotladi. Saşa biz bilan birga ekanligidan xursandmiz va budan ğururlanamiz. Uning kelajagi «Zenit»da, ammo qarorni men qabul qilmayman. Vaziyat qanday rivojlanişini biliş qiyin. Nima qiliş kerakligini keyinroq bilib olamiz» , – deb murabbiyning sözlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Bundan körinadiki, Kokorin özining ijaraga berilganidan OAV orqali xabar topgan. Murabbiy esa hujumçini «Soçi»ga qöyib yuborişni xohlamayapti.

Avvalroq «Zenit» boş direktori Aleksandr Medvedev Kokorin heç qayerga ketmasligini haqida aytib ötgandi.  

Foto: Zenit

Hozirça «Zenit» klubi rahbariyatining uşbu çigal masala böyiça yakuniy qarori kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Kokorin 2018 yil 8 oktabr kuni Moskva markazida 2ta muştlaşuvda iştirok etgani uçun 1 yilu 6 oy qamoq jazosiga mahkum qilingan, ammo 2019 yil 17 sentabr kuni muddatidan oldin ozodlikka çiqarilgan edi.

Kokorin qamoqdan ozod etilgaç, «Zenit» u bilan mavsum oxiriga qadar möljallangan yangi şartnoma imzolagandi. Lekin RFI transfer oynasi yopilgani uçun futbolçini röyxatdan ötkazmagan, şuning uçun Kokorin yanvarda röyxatdan ötkazilişi kutilayotgandi.