AQSh Rossiyaning Vinnitsada harbiy obektga zarba berilgani haqidagi bayonotini rad etdi
AQSh Mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Vinnitsa markaziga berilgan zarbasidan maqsadi ko‘proq turar joy binosi bo‘lgan.

Foto: Ukraina FVDX
AQSh Mudofaa vazirligining yuqori martabali mulozimi Rossiyaning 14 iyulda Vinnitsa markazida rus qo‘shinlari tomonidan berilgan raketa zarbasi garnizon Ofitserlar uyida yig‘ilish o‘tkazayotgan Ukraina harbiylari va xorijlik qurol-yarog‘ yetkazib beruvchilariga qaratilgani haqidagi iddaolarini rad etdi. 15 iyul, juma kuni ismini oshkor qilishni istamagan rasmiy AFP’ga bergan intervyusida: «Menda yaqin atrofda harbiy nishon borligi haqida hech qanday dalil yo‘q», dedi.
«Bu ko‘p qavatli uyga o‘xshardi», dedi Mudofaa vazirligi vakili, shuningdek, u Vinnitsa Rossiya suvosti kemasidan otilgan raketa hujumiga uchraganini tasdiqladi.
Vinnitsadagi hujumni ham hisobga olgan holda, rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiya hujumlari oqibatida so‘nggi bir-ikki hafta ichida 100 dan 150 gacha ukrainalik tinch aholi vakili halok bo‘ldi.
Vinnitsada bir kun avval raketa hujumi oqibatida halok bo‘lgan 23 kishi uchun 15 iyul motam kuni deb e’lon qilindi. Vinnitsa oblasti davlat ma’muriyati rahbari Sergey Borzovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya raketalari qurboni bo‘lgan uch boladan ikki nafarining, shuningdek, 11 nafar kattalarning shaxsi hozircha aniqlanmagan. Kasalxonada 73 kishi jarohatlangan, 11 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Vinnitsa shahriga raketa hujumi sodir etilganini tasdiqladi. Idora rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, «Kalibr» raketalari o‘sha paytda «Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi va xorijiy qurol yetkazib beruvchilar ishtirok etgan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan» ofitserlar garnizoni binosiga kelib tushgan.
Germaniya hukumati Vinnitsaga qilingan hujumni «shafqatsizlik harakati» deb atadi. Bu bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan tinch aholi vakillariga qilingan hujum edi, dedi Berlindagi hukumat vakili. U Rossiya Ukrainaga qarshi urushda xalqaro huquqni bir necha bor buzganini qo‘shimcha qildi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston investorlar uchun yangi «oltin vizalar»ni joriy etmoqda
Jahon | 23:15
-
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 22:33
-
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl etildi
Jahon | 22:31
-
30 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:19
Mavzuga oid

21:53
Rossiyaning sabzovotchilikka ixtisoslashgan hududi mehnat migrantlari taqchilligiga duch keldi

20:47
Urushlarning o‘zgargan motivi: tashqi tahdid emas, ichki siyosiy maqsadlar

17:12
Reuters: Rossiya tomonida turib jang qilishga yuborilgan qariyb 600 nafar KXDR harbiysi halok bo‘ldi

14:41