Ğazoda otişmalar ostida tarqatilayotgan taom, AQŞ harbiy uçoğini qulatgan husiyçilar va «kelajak şahri»ni tortolmayotgan Saudiya - kun dayjesti
|19:41 / 30.04.20258 808
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Ğazodagi vaziyat: otişmalar ostida taom tarqatilmoqda
Keyingi 40 kun davomida humanitar qamal şaroitida qolgan Ğazo şimolidagi Jabaliya va Beyt Lahiya lagerlarida yuzlab bolalar, ayollar va keksalar qölida böş idişlar bilan issiq taom uçun navbatda turibdi. Bu ularning hayotdagi yagona umidiga aylangan.
Isroilning qamal holati va uzluksiz havo hujumlari ovqat topişni haqiqiy tirikçilik kuraşiga aylantirdi. Xayriya taşkilotlari dronlar guvillaşi ostida, vayronalar bağrida yegulik tarqatmoqda.
Köp bolalar taomni özlari uçun emas, devorsiz, dariçasiz, uylaridagi oç nahor yaqinlari uçun olib ketmoqda. Bu ahvol — şunçaki insonparvarlik inqirozi emas. Bu — ataylab uyuştirilayotgan oçarçilik.
Isroilning harbiy amaliyotlari şunçaki halokat bölibgina qolmasdan, balki butun boşli jamiyatni yaşaş huquqidan mahrum qilmoqda.
Qatar va Saudiya Suriya qarzini yopdi
Qatar va Saudiya Arabistoni Suriyaning BMT Taraqqiyot banki oldidagi 15 mln dollarlik qarzini tölab berdi. Bu qaror Asad rejimi qulaganidan söng yangi hukumat uçun xalqaro yordamni qayta tiklaş yölini oçişi mumkin.
Qöşma bayonotda aytilişiça, uşbu tölov bank faoliyatini qayta boşlaş va yangi hukumatga moliyaviy va texnik yordam körsatiş imkonini yaratadi. Damaşq hukumati bu qadam uçun çuqur minnatdorlik bildirdi.
Suriyada davomli iqtisodiy tanazzul davom etmoqda: mamlakat milliy valutasi funt qadri 300 barobarga tuşgan, aholining 90 foizi qaşşoq. Ğarb sanksiyalari hamon kuçda, AQŞ ularni bekor qiliş uçun Eron ta’sirining çeklanişini talab qilmoqda.
Saudiya va Qatar bu qarorni Vaşingtondagi XVJ va Jahon banki uçraşuvlarida muhokama qilgan.
Husiyçilar AQŞ harbiy uçoğini dengizga qulatişdi
AQŞ harbiy-dengiz kuçlariga tegişli 60 mln dollarlik F/A-18 Super Hornet qiruvçi samolyoti Qizil dengizga quladi. U «Harri Trumen» aviataşuvçi kemasiga husiyçilarning hujumi ortidan sodir bölgan keskin buriliş paytida suvga qulab, ğarq bölgan.
Mavzuga oid
9 min
CNN xabariga köra, xusiyçilar dron va raketa bilan hujum qilgan. Samolyot bu paytda angardan tortib çiqarilmoqda edi. Jarayonda nazorat yöqolib, samolyot va uni tortayotgan texnika dengizga tuşib ketgan. Ekipaj katapulta orqali özini qutqarişga ulgurgan, bir nafar dengizçi yengil tan jarohati olgan.
Bu «Trumen»ning xusiyçilar bilan ilk töqnaşuvi emas. Dekabr oyida u öz kreyseri tomonidan xatoga yöl qöyib, samolyotini yöqotgan, fevralda esa savdo kemasi bilan töqnaşgan.
AQŞ Zelenskiy emas, Ukraina tomonida
AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarşi uruşda Ukrainaga yordam beriş ehtimolini rad etmadi, biroq bu yordam Volodimir Zelenskiyga emas, ukrain xalqiga qaratilganini bildirdi.
The Atlantic’ga bergan intervyusida u Zelenskiy bilan munosabatlarini murakkab deb atadi. 28 fevraldagi uçraşuv ham özaro sovuqlikni namoyon etgan. Şunga qaramay, Tramp Ukrainaga qurol emas, iqtisodiy sanksiyalar va moliyaviy çeklovlar orqali yordam beriş mumkinligini aytdi.
U Putinning Ukraina şaharlariga raketa hujumlarini tanqid qilib, bu harakatlar Kremlning tinçlik istagi haqidagi sözlariga şubha tuğdirayotganini ta’kidladi.
AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens sönggi 3 oyda diplomatik sa’y-harakatlar orqali katta muvaffaqiyatlarga erişilganini aytib, uruşni çöziş Ukraina uçun xatarli ekanini eslatdi. Uning sözlariga köra, Rossiya parçalanişiga umid boğlaş yadroviy mojaroga olib borişi mumkin.
Bu orada Kreml 8–11 may kunlari vaqtinça otaşkesim rejasini e’lon qildi. Zelenskiy bunga keskin munosabat bildirib, töliq va kamida 30 kunlik otişmaning töxtatilişi talab qilinişini aytdi.
Muzokaralar töxtadi: Putin bosimni oşirmoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan tinçlik kelişuvini Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xerson viloyatlari töliq nazoratini oliş şarti bilan boğlayapti. Bloomberg manbalarining xabar berişiça, u AQŞning kelişuvga erişiş urinişlarini rad etgan.
25 aprel kuni Kremlda ötkazilgan muzokarada Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff Putinni front çiziqlarida öt oçişni töxtatişga köndirişga uringan. Biroq Putin heç qanday hududiy çeklanişni qabul qilmagan va talablarida qat’iy qolgan.
Bloomberğga köra, muzokaralar töliq töxtab qolgan. Davomiy siljiş faqat Putin va Trampning şaxsiy uçraşuvidan keyin yuzaga keliş ehtimoli bor.
AQŞ rasmiylari bundan norozi bölib, agar tez orada kelişuvga erişilmasa, muzokaralardan çiqib ketişini bildirgan. Yevropa diplomatlari muzokaralar hali davom etayotganini aytmoqda, ammo yaqin haftalarda vaziyat aniqlaşişi mumkin.
Rossiya Boltiqböyida yangi front oçadimi?
Rossiya Finlandiya va Boltiqböyi davlatlari bilan çegarada harbiy infratuzilmani kengaytirmoqda. The Wall Street Journal yozişiça, Petrozavodskdagi yangi ştab va çegarada qurilayotgan kazarma hamda temiryöllar bu yönalişga jiddiy e’tibor qaratilayotganini körsatadi.
Moskva armiya sonini 1,5 milliongaça oşirmoqda, T-90M tanklari işlab çiqariş hajmi uç yilda 8 barobarga oşgan. Ularning aksariyati Ukrainaga emas, mamlakat içida qolmoqda.
Finlandiya elektron nazorat tizimlari örnatmoqda, Polşa esa «vaqt qolmadi» deb ogohlantirmoqda. Boltiqböyi davlatlari Rossiya Ukrainadan qöşinlarini tortgaç, ular şimoliy frontga ötadi, deb hisoblamoqda. Estoniya 2028–2030 yillarda hujum ehtimolini aytmoqda.
Moskva va Minsk joriy yil «Ğarb» maşqlarini ötkazişni rejalaştirmoqda. NATO esa Boltiqböyida yangi tartibsizliklardan xavotirda.
Muqarrar inqiroz: retsessiya xavfi ormoqda
2025 yilda global retsessiya xavfi yuqori bölişi kutilmoqda. Reuters ötkazgan sörovda iqtisodçilarning 60 foizi bu ehtimolni «yuqori» yoki «juda yuqori» deb baholadi. Bunga AQŞ prezidenti Donald Tramp joriy qilgan yangi boj siyosatlari sabab bölmoqda.
Uning barça importga 10 foiz va Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik boj joriy etişi, iqtisodçilar fikriça, işonçsiz muhit yaratib, biznes rejalaştirişni qiyinlaştirmoqda. TD Securities kompaniyasi rahbari Jyeyms Rossiterga köra, bir yil keyingi vaziyatni tasavvur qiliş imkonsizga aylanmoqda.
300 dan ortiq iqtisodçi sörovida bojlar ijobiy ta’sir qilmoqda, degan yakkam-dukkam fikr ham bildirilmadi. 92 foizi salbiy ta’sirni qayd etgan. Xalqaro valuta fondi 2025 yilda ösişni 2,8 foizga baholamoqda, sörovdagi taxmin esa 2,7 foizga tuşirilgan.
Xitoy AQŞni huşyorlikka çaqirdi
Xitoy taşqi işlar vaziri Vang Yi AQŞni tariflar orqali siyosiy bosim ötkazayotganlikda aybladi va BRICS davlatlarini jahon savdo qoidalarini himoya qilişga çaqirdi.
Rio-de-Janeyroda ötgan BRICS taşqi işlar vazirlari uçraşuvida Vang Yi Amerika proteksionizmini tanqid qildi. Unga köra, AQŞ erkin savdodan foyda körgan bölsa-da, hozirda tariflar orqali boşqa davlatlarga yuqori narxlarni majbur qilmoqda.
«Agar janjalkaşga imkon berilsa, u butun tizimni egallaydi», dedi Vang Yi. U BRICS davlatlarini Jahon savdo taşkiloti asosidagi köp tomonlama tizimni himoya qilişga çaqirdi.
AQŞning yuqori bojlari fonida Xitoy sanoatida işlab çiqariş yanada sekinlaşmoqda. Mart oyida xitoylik işlab çiqaruvçilar eksportni kuçaytirgandi, ammo Tramp joriy etgan 145 foizli tariflar bu imkoniyatni çekladi.
XXR iqtisodiyoti qurilişdagi inqiroz, deflyatsiya va daromad ösişining sustligi bilan yuzma-yuz kelmoqda.
Saudiya «kelajak şahri»ni torta olmayapti
Saudiya Arabistonining ulkan «kelajak şahri» — Neom loyihasi keskin qisqartirilmoqda. Neft narxining pasayişi va budjet xarajatlarining çeklangani tufayli 2030 yilgaça rejalaştirilgan 1,5 million aholi örniga 300 ming kişi yaşaşi kutilyapti. 170 km uzunlikdagi «çiziqli şahar»dan esa faqat 2,4 km qurilişi mumkin.
1,5 trln dollarga baholangan Neom loyihasi Muxammad ibn Salmonning «Nazar 2030» strategiyasidagi markaziy böğin edi. Ayni damda faqat Qizil dengizdagi ayrim kurortlar işga tuşgan, köplab obektlar, jumladan, 2029 yilgi Osiyo qişki öyinlari uçun möljallangan çanği kurorti hali ham qoğozda.
Brent narxining $64,27ga tuşişi Saudiya iqtisodiyotiga bosimni kuçaytirdi. Xalqaro valuta fondiga köra, mamlakat budjeti muvozanatda bölişi uçun barreli 90 dollarlik narx zarur. Goldman Sachs kabi banklar xarajatlarni qisqartiriş va loyihalarni qayta körib çiqişni başorat qilmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi