Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi pasaytiriladi
“2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq, iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash doirasida 2022 yilda inflatsiyani 9 foizgacha va 2023 yilda 5 foiz va fiskal taqchillikni 3 foizgacha pasaytirish choralari ko‘riladi. 2026 yil yakunigacha bank aktivlarida xususiy sektor ulushi 60 foizgacha chiqariladi.
2023 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i 12 foizgacha va bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik uchun foyda solig‘i 15 foizgacha tushiriladi.
Sharoiti “og‘ir” bo‘lgan hududlarda 2025 yil 1 yanvargacha yangi tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq 1 foiz, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to‘lash tizimi joriy etiladi.
2025 yil 1 iyuldan tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablar yagona elektron reyestri ishga tushiriladi. 2022 yil 1 aprelgacha litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish soddalashtiriladi. Jumladan, muayyan faoliyat bilan ko‘chma tartibda, avtotransport orqali shug‘ullanish imkoniyati yaratiladi.
Mavzuga oid
10:51 / 25.08.2025
Aylanmadan olinadigan soliqdan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi
16:11 / 20.08.2025
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
15:52 / 29.07.2025
Soliqchilar QQSni qaytarishda sovitkichdan olingan suvni ham puflab ichyapti - Qudbiyev
16:08 / 24.05.2025