Soliq tekşiruvlari böyiça 20 mingdan ziyod tadbirkorlarda aniqlangan 16 trillion sömlik xato va kamçiliklar uçun jazo qöllanmaydi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uçraşuvda ma’lum qildi.
Davlat rahbari bu kamçiliklar minglab biznes vakillarining tadbirkorlik reytingidagi örniga salbiy ta’sir qilişini aytdi.
“Şu bois bugun öziga xos “amnistiya” e’lon qilamiz, uşbu tekşirişlar böyiça jazo qöllanmaydi. Buning örniga 1 noyabrgaça tadbirkorlarimizga barça xato va kamçiliklarni ixtiyoriy töğirlaş imkoni beriladi.
Bir söz bilan aytganda, 1 noyabrdan boşlab biznes vakillari tadbirkorlik reytingini “toza sahifadan” boşlaydi”, – dedi prezident.
Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, foyda soliğidan avans tölaş talab qilinadigan çegara 2 baravarga oşirilişini e’lon qildi.
Amaldagi tartibga köra, yillik aylanmasi 10 milliard sömdan oşgan korxonalar foyda soliği böyiça avans tölagani uçun aylanma mablağdan qiyinçilik yuzaga kelmoqda.
Şu bois, endi bu tartib faqatgina yiliga 20 milliard sömdan yuqori aylanma qiladigan korxonalar uçun amal qilişi e’lon qilindi.
Natijada 14 mingga yaqin tadbirkor ixtiyorida qöşimça 1 trillion sömlik aylanma mablağ qoladi.

“QQSga ötsam, hisob-kitob qiyinlaşadi, buxgalter olişim kerak, xarajat oşadi”, degan şubha hali köpçilikda bor. Şu sababli:
- aylanma soliqdan QQSga ötadigan korxonalar bir yil davomida foyda soliği tölaşdan ozod qilinadi;
- hisobotida xatolik bölsa ham, jarima qöllanmaydi;
- buxgalterlar maoşining 5 mln sömgaça qismi 6 oygaça bunday korxona tölayotgan soliqdan çegirib taşlanadi.
Ikki yil oldin aylanmadan soliq tölovçilar buxgalteriyasini soliqçi yuritadigan tizim qilindi. Bunday xizmatlar kölami kengaytiriladi: kelgusi yildan yer, mol-mulk, ijtimoiy va daromad soliqlari hisobotlarini şakllantiriş böyiça tadbirkorlar majburiyati bekor qilinadi. Uşbu hisobotlarni soliqçilarning özi bepul töldirib beradi. Tadbirkorlar esa 5 kunda hisobotga tuzatiş kiritişi mumkin böladi.

















