Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktablardan birida öqituvçilar öquv muassasada ta’lim sifati, öquvçilarning oliygohlarga kiriş körsatkiçi pastligi uçun ota-onalar oldida tik turib uzr söraşgan. Kun.uz manbasi xabar qilişiça, bunga tuman xalq ta’limi bölimi mudiri va hokim yordamçisi mas’ul bölgan.
Sayt tahririyatiga kelib tuşgan murojaatga köra, Marhamat tumani 72-IDUM öqituvçilari ota-onalar qarşisida keçirim söraşga majbur qilingan.
«Maktabimizda 4 fevral kuni tuman hokimligi vakillari bilan birgalikda ota-onalar yiğilişi ötkazildi. Unda öquvçilarning ta’lim olişidagi böşliqlar, oliy ta’lim muassasalariga kiriş körsatkiçlari tanqid ostiga olinib, ustozlar ota-onalar oldida turğazib qöyildi», — deydi şaxsini oşkor etmaslikni söragan guvohlardan biri.
Uning sözlariga köra, direktor boşçiligida öqituvçilar hokimlik vakillari topşiriğiga binoan «biz aybdormiz», deb ota-onalardan keçirim söraşgan.
«Tuman hokimi uçun şunday negativ kerak ekan. Yiğiliş ssenariysi mualliflari — XTB mudirasi va hokim yordamçisi uzrbozlikka boş-qoş böldi.
Ustozlarning «ayb»lari ayovsiz oçib taşlanayotganida ayrim hamiyatli ota-onalar sözga çiqib, ustozlardan uzr söraşdi. «Sizlarning örningizda biz bölişimiz kerak», deyişdi», — deya hikoya qiladi tadbirda iştirok etgan Kun.uz manbasi.
Uning bildirişiça, ota-onalarning çiqişidan keyin ham mas’ullarning harakatlarida özgariş bölmagan, ular tadbir tusi va ritorikasini özgartirişga harakat qilişmagan, pöpisa qilişda davom etişgan.
«Ustozlarning mehnatlari inobatga olinmadi, ularni ruhan sindirişdi. Yoş ustozlar oçiq-oşkora «öqituvçilik kasbini tanlaganimdan ming afsusdaman», deyişmoqda. Ança yil işlab tajriba orttirgan ustozlarning ham boşi xam. Maktabni taşlay desa boşqa hunari yöq. Bu yoqda bola öqitiş, uylaş-joylaş taşvişi», — deydi uzrxohlik tadbirida iştirok etgan ustozlardan biri.
Bunday «uzr söraş» marosimi öqituvçilar va ota-onalar tomonidan keskin tanqidga uçragaç, boşqa maktablarda ötkazilgan yiğilişlarda direktorlar öz xodimlarini sahnaga çiqarişmagan. Şu bilan birga şu kabi yiğilişlar Marhamat tumanidagi 9-, 27-, 43-maktablarda ham ötkazilgan.
Andijon davlat universiteti tayanç doktoranti Şarofiddin Hoşimjonov bölib ötgan voqea haqida fikrlarini bildirdi.
«Öqituvçilarning 85 foizi çalasavod emas. 50 foizi şunaqa, 50 foizi faqat kun maddohlarniki ekanini bilib, qölini yuvib qöltiğiga urgan. Bu yoqda talab katta, muammolar esa tizimli. Sinflarda öquvçilar soni 25 nafardan oşmasligi kerak, lekin hozir kamida 30 nafardan.

















