Jamiyat | 15:42 / 23.03.2018
14797
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«LaLaku» tagliklarini ishlab chiqaruvchi «Sof Gigienik» Navro‘z kuni maxsus tadbir o‘tkazdi

O‘zbekistonga mashhur bo‘lgan «LaLaku» tagliklarini ishlab chiqaruvchi Sof Gigienik kompaniyasi 21 mart kuni Toshkent shahridagi hayvonot bog‘ida, «Anhor Lokomotiv» parkida va Megaplanet ko‘ngilochar majmuasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab, maxsus tadbir o‘tkazdi. 

Unda ishtirok etgan hamyurtlarimiz estrada yulduzlarining chiqishlaridan bahramand bo‘lishdi. Tadbir davomida turli xil tanlovlar, fotosessiyalar o‘tkazildi.

Tadbir davomida mijozlar «LaLaku» tagliklari sifati va narxidan juda mamnun ekanini ma'lum qilishdi. Yangi mijozlarga mahsulotlardan namunalar, shuningdek ular haqida ma'lumot beruvchi kataloglar topshirildi.

Tadbir ishtirokchilari «LaLaku» tagliklarining sifati va afzalliklari borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

«LaLaku» tagliklarini ishlatganmiz, uning sifatidan juda mamnunmiz. Bundan keyin ham shu mahsulotlardan foydalanamiz. Bu tadbir bizga juda yoqdi» - deydi ishtirokchilaridan biri Oydona Asadullayeva.

«LaLaku» tagliklarini farzandimga ishlatib ko‘rganman. Judayam yaxshi, terlatmaydi, terisini quruq saqlaydi, toshmalar toshib ketmaydi. Kiyig‘izib qo‘yish ham qulay, qiyshayib ketmaydi. Bundan keyin ham shu mahsulotlardan foydalanamiz» - deydi Gavharxon.

"Facebook" da utkazilgan aksiya golibi

«Farzandimga «LaLaku» tagliklarini ishlatib kelyapman. Sifati yaxshi, o‘zi ham ancha qulay ekan. Boshqalarga ham tavsiya qilgan bo‘lardim» - deydi Masturaxon.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga «LaLaku» tagliklari va boshqa sovg‘alar topshirildi.

 

 

 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid