1 aprel kuni qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş böyiça yetakçi xalqaro kompaniyalardan biri bölgan Birlaşgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyati Zarafşon şahrida şamol elektr stansiyasi qurilişiga tamal toşi qöyiş marosimi bölib ötdi.
Tadbir doirasida Masdar kompaniyasi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Energetika vazirligi örtasida qurilayotgan elektr stansiyasi loyihaviy quvvatini 500 MVt.dan 1,5 GVt.gaça oşiriş böyiça bitim imzolandi.

Sardor Umrzoqov öz nutqida Masdar Özbekiston va BAAni boğlovçi mustahkam köprikka aylanişi va u orqali Özbekistonda faoliyat olib boriş uçun Birlaşgan Arab Amirliklarining yangi kompaniyalari kirib kelişini aytdi.

Eslatib ötamiz, ötgan yili Masdar kompaniyasi Özbekiston hukumati bilan Navoiy viloyati Zarafşon şahrida quvvati 500 MVt bölgan Markaziy Osiyodagi eng yirik şamol elektr stansiyasi loyihasini işlab çiqiş, uni quriş va foydalaniş böyiça ikki tomonlama bitim imzoladi. Stansiya kompaniyaning muqobil energetika sohasida mintaqadagi ikkinçi loyihasi böladi.

Dastlab 600 mln dollarga baholangan loyiha kengaytirilgandan söng qariyb 1,8 mlrd dollar miqdorida töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etişi kutilmoqda.
Loyiha quvvatining 1,5 GVt.ga oşirilişi kelgusida Özbekistonda işlab çiqarilayotgan şamol elektr energiyasi miqdorini 3 GVt.ga yetkaziş va muqobil energiya manbalarining mamlakat umumiy energiya balansidagi uluşini 26 foizga yetkazişga imkon beradi.

Zarafşon şahridagi şamol elektr stansiyasi 2024 yil oxirigaça tijoriy foydalanişga topşirilişi kutilmoqda. 500 MVt quvvatga ega loyiha 500 000ta xonadonga yetarli hajmda elektr energiyasi işlab çiqarişni va atmosferaga çiqariladigan karbonat angidrid çiqindilarini yiliga 1,1 mln tonnaga kamaytirişni ta'minlab berişi közda tutilgan edi. Endilikda bu raqamlar 1,5 million xonadon va 3,3 mln tonna karbonat angidridga köpayadi.









