O‘zbekiston | 17:04 / 14.03.2023
10209
1 daqiqa o‘qiladi

YouTube'ning O‘zbekistondagi monetizatsiyasini tiklash masalasi muhokama qilinadi

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov va administratsiya shu’ba rahbari Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi

Uchrashuvda ko‘plab loyihalar yuzasidan fikr almashilgan. 

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Xususan, Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va bu orqali axborot sohasiga oid ayrim muammolarni birgalikda hal etish masalalari muhokama qilindi. 

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

«Ko‘plab blogerlarimizdan YouTube monetizatsiyasining cheklanishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan edi. Shu bois uchrashuvda elchi janoblari bilan ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni o‘rganish bo‘yicha kelishib oldik», — deb yozdi Allamjonov.

Mavzuga oid