O‘zbekiston | 19:00 / 19.03.2026
3231
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Coca-Cola O‘zbekiston va O‘FA besh yillik hamkorlik shartnomasini imzoladi

Hamkorlik mamlakatda futbolni rivojlantirish, milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash va futbol madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Foto: Coca-Cola

Toshkentda o‘tgan imzolash marosimida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Yermatov, Coca-Cola’ning O‘zbekistondagi bosh direktori Kazumasa Mukaye hamda Coca-Cola İçecek kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh menejeri Furkan Aydin ishtirok etdi.

 

Kelishuvga ko‘ra, tomonlar 2030 yilgacha futbolni ommalashtirish, milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zbek futbolining xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi. Boshqacha aytganda, bu hamkorlik faqat reklama yoki homiylik bilan cheklanmay, futbol ekotizimini kengroq rivojlantirishni maqsad qiladi.

 

Coca-Cola uzoq yillardan buyon jahon futbolining eng yaqin hamkorlaridan biri bo‘lib keladi. Kompaniya yirik turnirlar, jumladan, FIFA Jahon chempionati kabi musobaqalarda futbolni qo‘llab-quvvatlaydi. Coca-Cola kompaniyasi O‘zbekiston kubogi musobaqasiga ham homiylik qilmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatda futbol barcha yo‘nalishlarda ya’ni yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari, ayollar futboli, futzal hamda sohil futbolida rivojlanib, xalqaro maydonlarda muhim yutuqlar qayd etilyapti. Yaqin kunlarda ayollar milliy terma jamoasi Avstraliya va Filippin terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu ham jamoamiz uchun katta imkoniyat. Albatta, oldimizda yirik maqsadlar turibdi.

Biz jahon, Osiyo chempionatlari hamda Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz. Bu o‘zbek futboli tarixida yangi sahifalar ochishiga ishonamiz. Shu munosabat bilan barcha hamkorlarimiz, Coca-Cola kompaniyasi, futbol mutaxassislari, futbolchilar va murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman. Ishonamizki, kelgusi yillarda natijalarimiz yanada barqaror bo‘lib, o‘zbek futbolida yuqori natijalar qayd etiladi”, – deydi Ravshan Yermatov.

 

Tadbir davomida “Coca-Cola Ichimligi O‘zbekiston” kompaniyasi va O‘FA o‘rtasida assotsiatsiya tomonidan o‘tkaziladigan o‘yinlarni Bonaqua hamda Coca-Cola ichimliklari bilan ta’minlash bo‘yicha ham besh yillik kelishuv imzolandi. Marosimda o‘zbek futboli afsonalari Odil Ahmedov, Lutfillo To‘rayev, Kamoliddin Mirzoyev va Sanjar Tursunov, shuningdek, milliy jamoa o‘yinchilari Jaloliddin Masharipov va Hojimat Erkinov ham ishtirok etdi.

 

Hamkorlik haqida ilk bor 27 yanvar kuni Coca-Cola tomonidan tashkil etilgan FIFA Jahon chempionati 2026 kubogining O‘zbekiston bo‘ylab turiga bag‘ishlangan tadbirda ma’lum qilingan edi. Shundan buyon qisqa vaqt ichida bir qator tashabbuslar ham amalga oshirildi.

Xususan, yil boshida O‘FA bilan hamkorlikda Jahon chempionati kubogining ikki kunlik yirik tur tadbiri o‘tkazildi. Bundan tashqari, Coca-Cola O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari tasvirlangan cheklangan miqdordagi tunuka idishlar seriyasini ham taqdim etdi.

 

Tashkilotning O‘zbekistondagi bosh direktori Kazumasa Mukayega ko‘ra, futbol jamiyatni jisplashtiruvchi kuchli vositalardan biri hisoblanadi.

Shaxsan men O‘zbekiston futbolining yutuqlaridan ilhomlanaman. Erkaklar terma jamoasi mazkur yilda dunyoning eng kuchli jamoalari bilan bahs olib boradi. Bu juda hayajonli. Sizlarni yana bir bor FIFA Jahon chempionatida ishtirok etayotganingiz bilan tabriklayman. Ushbu natija futbolchilar bilan bir qatorda murabbiylar, muxlislar hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va uning rahbariyati ko‘p yillik mehnati, fidoyiligi samarasidir. Ba’zan qiyin, ba’zida esa muvaffaqiyatli davrlarni bosib o‘tgan bu yo‘l natijasida bugun jahon maydonida raqobatlasha oladigan jamoa shakllandi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik orqali biz yangi avlodning qiziqishini oshirish, o‘zbek futboli rivojini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasining xalqaro maydondagi imijini yanada mustahkamlashni maqsad qilganmiz. Bugun imzolanayotgan besh yillik hamkorlik bitimi Coca-Cola kompaniyasining O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan nafaqat g‘alabalar paytida, balki qiyinchiliklar va kelajakdagi muhim bosqichlarda ham birga bo‘lishga tayyor ekanini ko‘rsatadi. Biz barqaror hamkorlik katta natijalarga olib kelishiga ishonamiz va ushbu yo‘lning bir qismi bo‘lish biz uchun katta sharafdir”, – dedi u.

 

Hamkorlik doirasida ijtimoiy loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida ayollar futbolini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan ijtimoiy rolik suratga olindi. Unda otalar qizlariga ishonch va qo‘llab-quvvatlash orqali ularning orzulariga yetishishiga qanday yordam berayotgani haqida hikoya qilinadi.

 

Ma’lumot o‘rnida, Coca-Cola kompaniyasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorligi doirasida maxsus promo-aksiya tashkil etilgan. Ushbu aksiya orqali 10 nafar g‘olib FIFA Jahon chempionati 2026 o‘yinlarini stadiondan jonli tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid