Tashabbus doirasida Coca-Cola mamlakatimizning to‘qqizta oliy o‘quv yurti bilan hamkorlikda talabalar uchun tadbirlar tashkil qildi. Maydonchalarda boshlovchilar va didjyeylar ishlashdi, talabalar esa estafeta, tanlovlar va shopperlarga rasm chizish bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etishdi. Shuningdek, “Besh Qozon” oshpazlari bilan hamkorlikda palov va turli taomlar tayyorlanib, talabalar hamda o‘qituvchilar bir dasturxon atrofida yig‘ilishdi.

Ramazon oyida mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Toshkent shahrining oltita mahallasida xayriya iftorliklari tashkil etildi. Har bir mahallaga “Besh Qozon”ning afsonaviy oshpazlari taklif qilindi; ular tayyorlagan palov uzunligi 60 metrgacha yetadigan dasturxonlarning asosiy taomiga aylanib, oilalar, qo‘shnilar va do‘stlarni bir dasturxon atrofida birlashtirdi. Bunday xayriya iftorliklari O‘zbekistonning Samarqand, Nukus, Xiva, Jizzax, Andijon va Namangan kabi bir qator shaharlarida ham o‘tkazildi.

O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi “Coca-Cola Ichimligi O‘zbekiston” hamda “ONA” jamoat fondi bilan hamkorlikda mamlakatning yetti shahri — Toshkent, Samarqand, Nukus, Xiva, Jizzax, Andijon va Namangandagi 1 000 ta ehtiyojmand oilaga yordam ko‘rsatdi. Oilalarga har biri 1 000 000 so‘mlik 1 000 ta oziq-ovqat vaucheri, shuningdek, Coca-Cola ichimliklari hamda The Coca-Cola Foundation ko‘magida amalga oshirilayotgan Coozin loyihasi ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan an’anaviy chak-chak taomi topshirildi.

“Ramazon oyida bir-birini qo‘llab-quvvatlash va g‘amxo‘rlikka muhtojlarga yordam berish ayniqsa muhim. Maqsadimiz — bu kunlarda juda ahamiyatli bo‘lgan mehr-oqibat, hamjihatlik va o‘zaro yordam muhitini yaratishga o‘z hissamizni qo‘shish. Eslatib o‘tmoqchimizki, yaxshilik o‘z qo‘llarimiz bilan yaratiladi — xuddi o‘zbek oshpazlari tayyorlagan palov va shu yerda, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Coca-Cola mahsulotlari kabi. Coca-Cola o‘zi faoliyat yuritayotgan jamiyatning bir qismi bo‘lishga intiladi: biz uchun nafaqat biznesni rivojlantirish, balki hamjamiyatlar hayoti sifatini yaxshilashga hissa qo‘shish ham muhimdir”, - deya ta’kidladi Nazi Aripjanova, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondagi Coca-Cola kompaniyasining hukumat bilan aloqalar, kommunikatsiyalar va barqaror rivojlanish bo‘yicha direktori.















