O‘zbekiston | 14:51 / 19.06.2024
9326
1 daqiqa o‘qiladi

Kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog‘cha va maktablar tashkil etiladi

Yangi o‘quv yilidan yana 1 mingta maktabda Prezident maktabi baholash tizimi qo‘llana boshlaydi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog‘cha va maktablar, texnikumlar, “Barkamol avlod” maktabi tashkil qilinishi aytildi.

Ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida o‘tgan yili 500 ta maktabda Prezident maktabi baholash tizimi joriy etilgan edi. Buning samarasida ulardagi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi 53 foizdan 59 foizga oshgan. Yuqori natijaga erishgan maktablar rahbariyati va o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama belgilangan.

Shu bois ushbu baholash tizimi yangi o‘quv yilidan yana 1 mingta maktabda qo‘llana boshlaydi. Ularga 182 ta ixtisoslashgan hamda 500 ta tajribadan o‘tgan maktab biriktiriladi.

Shuningdek, 270 ta maktab interaktiv doska, 365 tasi kompyuter sinflari bilan jihozlanadi.

Mavzuga oid