O‘zbekiston | 10:08 / 12.07.2021
21401
2 daqiqa o‘qiladi
Kunlik pnevmoniya holatlari 300ga yaqin, yana 3 bemor koronavirusdan vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 458 kishida koronavirus, 297 kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2021 yil 11 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 116421 (+458) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 43 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 17 nafari Andijon viloyatida,
- 15 nafari Buxoro viloyatida,
- 56 nafari Jizzax viloyatida,
- 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 9 nafari Navoiy viloyatida,
- 21 nafari Namangan viloyatida,
- 39 nafari Samarqand viloyatida,
- 16 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 33 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 29 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 17 nafari Xorazm viloyatida,
- 44 nafari Toshkent viloyatida,
- 102 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 297 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 19 nafar,
- Jizzax viloyatida 63 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
- Navoiy viloyatida 6 nafar,
- Namangan viloyatida 42 nafar,
- Samarqand viloyatida 40 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 63 nafar,
- Toshkent viloyatida 35 nafar,
- Toshkent shahrida 45 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 111514 (+325) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 774 nafarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
16:38 / 03.12.2023
Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi
18:55 / 27.11.2023
Xitoyda bolalar pnevmoniyasi bilan bog‘liq vaziyat og‘ir emas – JSST
18:31 / 23.11.2023
Toshkentda O‘RVI tarqalishi kuchaydi. Vazir mas’ullarga shoshilinch topshiriqlar berdi
11:40 / 13.12.2022