2 dekabr kuni soat 12:00 atrofida Toşkent tibbiyot akademiyasining Urganç filiali talabasi ötkir zotiljam (pnevmoniya)dan vafot etdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oliygohning Davolaş fakulteti 1-bosqiç 112 «B» guruh talabasi bölgan A.A. pnevmoniya asoratlari boşlaganidan buyon davo çoralarini körib kelgan. Ammo şanba kuni tez tibbiy yordam şifokorlari tomonidan birinçi yordam körsatilişiga qaramasdan, vafot etgan.

Akademiya filiali matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berişiça, yigit kasallikka çalinganiga 1 haftaça bölgan. U öz uyida vafot etgan.

Tegişli idora va vazirlikka ma’lumotlar yetkazilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Xulosalar aniq bölganidan keyin qöşimça ma’lumot beriladi.