12 dekabr kuni Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 nafarni taşkil etmoqda.
Bu bir kun oldingiga qaraganda 64 taga kam - 11 dekabr kuni 122 kişiga kasallaniş taşxisi qöyilgani xabar qilingandi.
Yangi kasallaniş holatlarining:
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 2 nafari Qaşqadaryo viloyatida,
- 1 nafari Namangan viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 4 nafari Farğona viloyatida,
- 46 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Statistik ma’lumotlarga köra, pandemiya boşlangandan buyon Özbekistonda jami 247 987 nafar odamda kovid aniqlangan. Vafot etganlar esa 1 637 kişini taşkil etadi.














