Ötkir virusli infeksiyalarga çaliniş holatlari köpayişi natijasida Toşkent şahri bolalar klinik şifoxonalariga yuklamalar yilning boşqa davrlariga nisbatan ortgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Kuz-qiş mavsumi odatda gripp va ötkir respirator virusli infeksiyalar tarqalişi uçun qulay davr hisoblanadi. Ayniqsa, bu paytda kiçik yoşdagi bolalarning nafas yöllari yuqumli kasalliklariga çaliniş körsatkiçlari yilning boşqa davrlariga nisbatan ançagina ortadi.
Şu bois, butun dunyoda bölgani kabi bu yil ham yurtimizda yoş öğil-qizlar orasida ötkir respirator kasalliklarning davriy kötarilişi kuzatilmoqda.
Uşbu xastalikka çalinişning asosiy uluşi esa Toşkent şahri aholisi hissasiga töğri kelyapti. Natijada poytaxtdagi bolalar klinik şifoxonalariga yuklamalar yilning boşqa davrlariga nisbatan ortgani kuzatilmoqda.
Şu bois, ehtiyot çorasi sifatida vazirlik mazkur holatni öz nazoratiga olgan.
Biroq şunga qaramasdan mavsumiy yuqumli kasalliklar profilaktikasi va davolaş jarayonlarini samarali taşkil etiş hamda ötkir respirator kasalliklar tarqalişi bilan boğliq muammolarni zudlik bilan bartaraf etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlarni amalga oşirişni taqozo etmoqda», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Şu sababli bugun soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov mazkur masala yuzasidan yiğiliş ötkazdi. Unda Toşkent şahridagi barça klinik şifoxonalar rahbarlari, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi vakillari hamda tez tibbiy yordam xizmati mas’ullari iştirok etdi.

Yiğilişda dastlab:
- bugungi kunda poytaxtimizdagi bolalar klinik şifoxonalaridagi holat;
- bemorlarga sifatli tibbiy yordam körsatiş böyiça yaratilgan şaroitlar;
- aholiga körsatilayotgan tez tibbiy yordam xizmati xususida batafsil ma’lumot berildi.
Şundan söng vazir bu boradagi işlar yetarli emasligini ta’kidlab, şifoxonalarga tuşayotgan yuklamalarni tezda kamaytiriş, bemor bolalarga sifatli tibbiy yordam körsatiş uçun zarur çoralar köriş böyiça mas’ullarga şoşilinç topşiriqlar berdi.
Jumladan, Zangiota-1 yuqumli kasalliklar şifoxonasida ötkir respirator virusli infeksiyalarga çalingan bolalar uçun ajratilgan örinlar sonini 300 tadan 500 taga oşiriş belgilandi.








