Turistlarni o‘ziga tortadigan birorta ham zamonaviy akvapark yo‘q - prezident
Shavkat Mirziyoyev akvapark va basseynlarni ko‘paytirish, ko‘llarning atroflarini lotlarga bo‘lib, tadbirkorlarga taklif qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 iyun kuni turizm sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda turistlarni jalb qiladigan cho‘milish maskanlari yo‘qligiga to‘xtalib o‘tdi.
“Yoz kunlarida akvapark va basseynlarga talab oshishi tabiiy. Lekin turistlar uchun “magnit” bo‘ladigan birorta zamonaviy akvapark yo‘qligi qayd etildi.
Yana bir masala – tabiiy ko‘llar atrofidagi turizm imkoniyatlari ham ishga solinmayapti.
Mutasaddilarga akvapark va basseynlar tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ko‘paytirish, ko‘llar bo‘yicha master reja ishlab chiqib, atrofini lotlarga bo‘lib, tadbirkorlarga taklif etish topshirildi”, – deyiladi davlat rahbarining matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
20:02
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
23:32 / 13.11.2024