Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi fuqaro Otabek Bakirovning ustidan jinoyat işi qözğatişni rad etiş töğrisida qaror qabul qildi.

Jamoatçilik faoliga nisbatan Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov ariza bergan, vazir uni haqorat va obrösizlantirişda ayblagan edi.

Bakirovning ma’lum qilişiça, IIBB qaroriga, xususan, AOKAning vazir bergan arizada körsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegişli ekspertiza xulosasi va şikoyatga sabab bölgan post yozilganiga 1,5 yildan köp vaqt ötgani asos qilib körsatilgan.

“Içki işlar organlariga mazkur iş yuzasidan ötkazilgan tezkor suriştiruv va harakatlar uçun fuqaroviy taşakkur bildiraman”, – deya qayd etdi Otabek Bakirov.

Eslatib ötamiz, Energetika vazirligi rahbarining şikoyatiga Bakirovning 2023 yil yozida öz kanalida e’lon qilgan posti sabab bölgan. Postda Toşken şahri Sağbon podstansiyasidagi seriyali avariyalar va ta’mirlaş işlari haqida söz boradi.

Otabek Bakirov bu arizani “ahvoli tobora oğirlaşayotgan energetikadagi muammolarni yeçiş örniga, tanqidni töxtatişga, yopiqlik muhitini yaratişga va kuçaytirişga uriniş” deb baholagan edi.