Toşkentda bir neçta filiallarga ega “Newton Academy” öquv markaziga farzandini berib, bir yillik tölov qilgan bir guruh ota-onalar undagi ta’lim sifatidan norozi. Kompaniya rahbariga köra, ular bilan “tuşunmovçilik” yuzaga kelgan. Öquv markazi prezident maktablari xodimlari bilan işlaşini iddao qiladi, aslida esa bunday bölişi mumkin emas. Davlat idoralari markaz litsenziyasiz faoliyat yuritgani va öqituvçilarning sertifikati yöqligini aniqladi.
Kun.uz bundan bir oy avval bolalarni prezident maktablari va boşqa ixtisoslaştirilgan maktablarga tayyorlovçi öquv markazidagi ta’lim sifatidan köplab ota-onalar norozi ekani haqida material e’lon qilgandi. Şundan keyin saytga bu masalada qator murojaatlar kelib tuşdi.
Maqolada öquv markazining nomi tilga olinmaganiga qaramay, fuqarolar “Newton Academy” haqida gap ketayotganini ilğadi. Muammoning kölami kengligini inobatga olib, sayt öz örganişlarini davom ettirdi.
“Menejyerlari sözamol ekan, gaplariga işonib qolibmiz”
“Newton Academy”ning Toşkentda bir neçta filiallari bor. Asosiy ofisi Yakkasaroy tumanidagi Rakat mahallasida joylaşgan. Kun.uz'ga murojaat qilgan ota-onalarning sözlariga köra, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali öquv markazining reklamasini körgaç, darslar haqida batafsil ma’lumot oliş uçun Rakat mahallasiga borgan.
Ota-onalarning aytişiça, öquv markazining gapga çeçan menejerlari kelgan mijozni şartnoma imzolatmasdan qöymaydi: darslar sifatini obdon maqtab, tölovga kelganda “bugun çegirmaning oxirgi kuni” deyişadi.
“Hozirgi kunda aksiya ketayotganini, agar aksiyada qatnaşmasdan şunçaki öqitsam, 12 mln bölib, oyiga 1 mlndan tuşişini, agar Uzum Nasiyaʼdan olib, pulini darrov tölasam, 9,9 mln bölişini, arzonga tuşib, biz [puldan] yutişimizni aytişdi. “Aksiya doirasida neçta bolani qabul qilsak, yil oxirigaça ularga boşqa bolalar qöşilmaydi, maxsus dastur asosida öqitiladi, ustozlari juda zör, Britaniya texnologiyasi asosida öqitiladi” deb, xullas, bir ajoyib-ajoyib va’dalarni berişdi.
Şartnomani tuzdi, telefonda kartangiz ulanganmi, dedi, körsatişimni söradi, körsatdim. “Bitta şu kartangizdan kirib köray, sizda qança limit bor ekan?” dedi. Uzum Nasiyaʼni özi yuklab olib, kiraman dedi. Kirişiga rozi bölib, pul olişga şoşilmasligini aytdim. 17 mln sömgaça limitim bor ekan... Şu bilan şartnoma rasmiylaştirildi”, – deydi Robiya Aliyeva.
“Bularning reklamasi ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib qoldi. Asosan matematika, ingliz tilidan prezident maktabiga tayyorlaşar ekan. Şunisi qiziq bölib turib, Rakat mahalladagi filialiga olib bordim. Baxtiyor degan bola kutib oldi, “prezident maktabida unday böladi, bunday böladi”, deb rosa maqtadi. Nima bölsa ham bolalarning öqişiga deb rozilik berdik.
Bular boşida reklamada 4 ta fandan juda arzon narx körsatgan, keyin içida nimalar bölişini tuşuntirişdi, tariflari boşqaçaroq edi. “Bir yilga tölasangiz, heç qanday boşqa qöşimça tölovlari yöq, Uzum Bankʼdan rasmiylaştirib yuboramiz” dedi. Keyin men farzandim avval 1-2 darsga borib körişini, bolaning qobiliyatiga qarab hal qilişimizni aytdim. “Yöq, aka, hozir şu yerning özida hammasini hal qilib yuborişimiz kerak” dedi. Rozi bölib, şartnomani imzoladim. Keyin şu bilan [farzandim] bitta darsga bordi, şaroitlarini körsak, umuman qoniqtirmadi”, – deydi şaxsini oçiqlaşni istamagan fuqaro.
“Boşida, töğrisi, e’tibor bermay qolibmiz, çunki özini menejer deb taniştirgan yigit sözamol ekan, har bitta savolimizga hozirjavoblik bilan javob berib, bizni şoşirib qöydi. Öşa kuni özi men ham şartnoma tuzmoqçi emasdim, lekin ular Uzum Nasiya orqali qilsangiz, şunça çegirma böladi deyişgani uçun biz ham şartnoma qilgan edik”, – deydi Mansurjon Toşmatov.
“Tölov qiliş tizimi ham ajoyib, haqiqiy maxinatsiya: 3 oylik tölovi juda qimmat, 6–6,5 mln söm edi, 6 oyiga yana qançadir, 1 yilga naqd olib borsam, çegirma bilan 10,3 mln söm qilib berişlarini aytişdi. Yonimda naqd pul yöqligi, şunçaki suriştirgani kelganimni aytdim. Bugun çegirmadan foydalansam, foydalandim, bölmasa boşqa bu imkoniyatdan foydalana olmasligimi aytişdi. U yigitlar ham ja uddaburon ekan, qaysi tumanda yaşaşimni sörab, pulni olib keliş uçun kurer yuborişlarini aytişdi”, – dedi Olimxöja Siddiqov.
Ota-onalarning tölangan pullarni qaytarib oliş harakatlari
Kun.uz suhbatlaşgan ota-onalar şoşa-pişa şartnoma tuzib qöyganidan keyin darslarga qatnagan farzandida natija körmagani, dars sifatidan qoniqmagani uçun tölagan pullarini qaytarib olişga qaror qilgan.
“Borsam, ular aytgan şaroitlar yöq. Bilim darajasi, yoşi har xil bolalar ötiribdi. Bolalar hali karra jadvalini işlab ötirişibdi. Oqtepa sohilböyidagi filiali edi. Işxonamga yaqin bölgani uçun öşa filialini tanlagandim. Keyin öğlim borib, birinçi darsiga kirdi, 1,5 soat darsi ötgaç, darslar yoqmaganini aytdi. Ertasiga darsga olib boraman desam, bormayman deb yiğlab yubordi.
Ular ta’riflab berganida, öquv xonalari juda ham zör deb tasavvur qilgandim. Britaniya texnologiyalari asosida ta’limni olib boramiz deyişgandi, qandaydir yangi texnologiyalarni faraz qilgandim. Lekin borsam, oddiy “poçemuçka”lardan farqi yöq.
Şartnomani bekor qilaman deb filialga yana qaytib bordim, borsam na direktorining, na xodimlarining tayini bor. Xullas, 2 oy ovora böldim, şartnomani bekor qilolmay. 2 oy davomida vaqtim, asabim ketdi. Bir amallab şartnomani bekor qildirdim. 7,4 mln söm pulimni qaytarib berişdi, qaytarib berguniça har oy 1,7 mln söm “Uzum Nasiya”dan pulimni yeçib turişdi. Qolgan 2,5 mln sömni yonimdan töladim. Instagram'dagi hamma reklamalarga ham işonaveriş kerak emas ekan. Reklamada hamma narsani, yöq narsalarni ham bor deb gapiraverişar ekan”, – deydi Robiya Aliyeva.
“Ustozlaridan sörasak ham na bir qölida kitobi bor, na öquv qöllanmasi, dasturi bor. “Nimadan ötyapsan?” deb talaba yigitdan sörasam, telefondan misollar töplamining pdf variantini körsatyapti. “Menga boşqaça narsalarni va’da qilişgandi, bunaqasi ketmaydi. Men ham internetdan yuklab turib, qöliga berib qöyaveraman” deb, xodimlariga çiqib, dasturini berişini sörasam, “bu maxfiy narsa, agar [dasturni] bersak, boşqa raqobatdoşlar foydalanadi”, deydi.
Gangadagi filialiga yozdirgandik. Yana nima deydi: “biz ataylab yoşi katta ustozlarni emas, yoş ustozlarni olganmiz” deydi. “Ha, bularning ingliz tilidan qandaydir darajasi bormi, IELTS'dan neçadir balli bormi, taniştir”, desa, na sertifikatini, na öquv qöllanmasini taqdim eta oldi. Heç narsa taqdim qilolmadi. Reklama orqali köplab odamlar borgan, internetdan misollar töplamini yuklab turib, bolalarga şuni işlanglar deyişi olayotgan narxiga töğri kelmaydi.
Xullas, u dedi, bu dedi, bir telefonni kötaradi, bir kötarmaydi, oxiri bu şartnomani bekor qilib berişini sörasa, bunga ham aytarli javob bermaydi”, – deydi şaxsini oçiqlaşni istamagan fuqaro.
“Farzandim 2 oyça qatnadi. Darslar ular oldindan aytganidek sifatli bölmadi, qöpol qilib aytganda qop-qop va’dalarni berişdi. Har darsga borganda, bolalarga ball qöyib borilardi. Telegram orqali “farzandingiz şunça balldan şunça oldi” deb kelib turardi, lekin darsga bormagan kunlari ham şunday SMS kelib turdi. Keyin men bu nomiga qöyilgan ekan, avtomatik yuborilarkan, deb öyladim.
“Newton Academy”ning eski mijozlaridan biri 3 yil oldin ham şunday muammolar bölganini bildirdi.
“Öşanda yangi oçilgan vaqti edi. Ota-onalar öquv markaziga berdim, endi yaxşi bölib ketadi deydi, heç kim [öquv markaziga] bormaydi-ku. Men endi özim borganim uçun 2 haftaning içida [farzandim] 5 martami darsga borgan, şundan keyin çiqarib olganman. Lekin bizning ham pulimizni qaytarib bermagan. U vaqtda 3 oy yoki 6 oyga 3 mln söm qançadir ham olgandi, 2 mln qançadirini qaytarib bergandi. Endi heç qanday asos ham yöq-da, şartnomaga imzo çekib qöygansiz, şartnomada esa şu joyini kiritib ketişgan. “Agar mabodo pulini qaytarib oladigan bölsa, 1 oylik pul çegirmasiz olib qolinadi, qolgani çegirmadan taşqarida qaytarib beriladi” deb yozib qöyişgan. Bunday olib qaraganda qonunga xilof joyi yöq-da, şu sabab oxirigaça borib yurmagandik. Lekin bekordan bekorga odamlarning vaqtini, umrini olib yuribdi-da”, – deydi öquv markazining eski mijozlaridan biri.
Prezident maktablari bilan şubhali “hamkorlik”
Kun.uz muxbiri suriştiruv maqsadida öquv markazining boş ofisiga bordi va farzandini öqişga bermoqçi ekanini aytib, özini boş menejer sifatida taniştirgan Sardor ismli yigit bilan suhbatlaşdi. U keyingi uçraşuvga farzandi bilan kelişini aytib ketgan muxbirga Telegram orqali boğlanib, “yilda bir marta böladigan” qabul tugaşiga oz qolgani vajidan bolani tezroq olib borişni maslahat berdi.
Suhbat davomida menejer öquv markazi natija körsatişda “1-örinda” ekani, prezident maktablari saytida ota-onalarga “Newton Academy” tavsiya qilinganini aytdi. Lekin isbot tariqasida heç qanday hujjat yoki havola taqdim qilgani yöq. Qolaversa, markaz rasmiy saytida ham prezident maktabi xodimlari bilan hamkorlikda işlaşi haqida yozilgan.
Vaholanki, Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi avvalroq Kun.uz'ga bu kabi aldov va soxta ma’lumotlarga asoslangan reklamalar mutlaqo haqiqatga zid ekanini, ular faqatgina prezident maktablari maqomidan noqonuniy foydalanib, öquv markazlari nomlarini ommalaştirişga möljallanganini ma’lum qilgan.
Kompaniya rahbari: “Öqituvçilarimiz prezident maktablarini tamomlagan”
Kun.uz muxbiri ayni masalada izoh oliş uçun “Newton Academy”direktori Baurjan Tuyukbayev bilan gaplaşdi. Uning aytişiça, sönggi 3 yil davomida öquv markazida 5 mingdan ziyod öquvçi tahsil olgan bölsa, şuning taxminan 410 nafari ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalariga tayyorlangan va salkam 100 nafari şu maktablarga kira olgan.
“Öquv markazini taşkil etiş davomida biz barça ta’lim taşkilotlarining metodlarini faol ravişda örganib çiqdik. Şu jumladan, prezident maktablarining ham. Biz özimizning metodikamizni işlab çiqiş uçun oçiq manbalar, ta’lim sohasidagi ekspertlarga tayandik. Bizdagi öqituvçilarning özi prezident maktablarini tamomlagan. Masalan, bizning öqituvçimiz Karimov Suhrob. Uning 10 nafardan ziyod öquvçisi prezident maktabiga kirdi.
Biz har kuni öqitiş tizimimizni takomillaştirib boramiz. Bularning hammasi öqituvçilarimizning, qayta aloqaga çiqayotgan ota-onalarimizning şarofati bilan. Har kuni öz mahsulotimiz ustida işlaşga harakat qilyapmiz.
Biz doim şikoyatlarga qayta aloqaga çiqişga e’tibor bilan yondoşamiz, operativ munosabat bildiramiz. Çunki biz uçun öquv markazimizning va [undagi] öqitiş sifati muhim. Şuning uçun tezkorlik bilan munosabat bildiramiz va mijozlarimizga yeçimlar taklifini berişga harakat qilamiz.
Tuşunmovçilik qayerdan paydo böladi? Odatda bank bilan işlaşda yuzaga keladi. Masalan, Uzum Bank istalgan nasiya uçun 20 foiz miqdorda komissiya uşlab qoladi. Odamlar nasiya qanday işlaşini bilmaydi, Uzum Bank bizdan 20 foiz komissiya olib qoladi. Şu sababli pulni qaytarişda biz 20 foizli komissiyani qaytarib berolmaymiz.
Hatto şunda ham biz odamlarga mana şu 20 foizni qaytarib beramiz, zararga işlasak ham. Uzum Bank 20 foizni olib qoladi, biz mijozlarga öz hisobimizdan qoplab beramiz. Şu sabab birinçi tuşunmovçilik yuzaga kelmoqda.
Ikkinçisi, odamlar doim ham şartnomani öqimaydi va tölov tizimi qanday işlaşini bilmaydi. Şu sabab keyinçalik bunday tuşunmovçilik yuzaga kelmasligi uçun hozirda biz faol ravişda odamlarga tölov tizimimiz qanday işlaşini tuşuntiryapmiz”, – dedi Tuyukbayev.
Markaz direktoriga köra, hozirga kelib “şikoyatlarning barçasi ijobiy hal qilingan”. Jumladan, Kun.uz taqdim qilgan röyxat asosida murojaat qilgan şaxslarning ham pullari qaytarilgan.
Öquv markazi faoliyatida qonun buzilişi
Uşbu körsatuvni tayyorlaş çoğida Raqobat qömitasi bir neçta nodavlat ta’lim muassasalari qatorida “Newton Academy”ga ham çora körilganini ma’lum qildi. Qayd etilişiça, “Newton Academy KZ” öquv markazi faoliyati tekşirilganda qonun buzilişi holatlari aniqlangan, şunga muvofiq moliyaviy jarima qöllangan.
Ya’ni markaz faoliyatini taşkil etişda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga bu haqda xabar bermagan. Vaholanki, qonunçilikka köra, nodavlat maktabgaça, umumiy örta hamda maktabdan taşqari ta’lim xizmadarini körsatiş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subektlari vazirlikni xabardor qilişi lozim.
Kun.uz qömitadan ayni holat böyiça qöşimça ma’lumotlarni oldi. Qayd etilişiça, şu yil yanvar oyida 5 nafar fuqaroning öquv markazidagi ta’lim sifati va oldindan tölangan tölovni qaytarib olişolmayotgani yuzasidan murojaat kelib tuşgan va qömitaning poytaxt boşqarmasi tomonidan iş qözğatilib, pullar qaytarilişi böyiça markazga körsatma berilgan. Ammo bu körsatma bajarilmagan.
Qömita fuqarolar manfaatida sudga da’vo arizasi kiritgan. 2024 yil sentabrdagi sud qarori bilan da’vo qanoatlantirilib, beş nafar fuqaroga “Newton Academy KZ” MÇJdan jami 55 mln 300 ming söm undiriş belgilangan.
Raqobat qömitasidan olingan ma’lumotga köra, öquv markazi Farğona viloyatida ham filial oçib, keyinçalik uning faoliyatini töxtatgan. Ammo uşbu filialga farzandini bergan ota-onalar tölagan pullarini ololmagan.
IIB tergovga qadar tekşiruv ötkazib, jinoyat işi qözğatişni rad etiş töğrisida qaror qabul qilgan.
Öquv markazini qanday tanlaş kerak?
Ta’lim sohasida ekspert, pedagog Şokir Tursunning aytişiça, qaysi bir öquv markazi prezident maktabi xodimlari bilan hamkorlikda iş körişi haqida ma’lumot bersa, bu – yolğon. Mutaxassis nima uçun bu yolğon bölişi, agar rost bölgan taqdirda ham nima uçun samarasiz ekanini tuşuntirib berdi.
“Köpçilik öquv markazlari reklamalarida prezident maktablari bilan hamkorlik qilişi haqida gap ketadi. Prezident maktablarini boşqaradigan agentlik ham juda köp takrorlaydi: “Biz heç qaysi öquv markazi bilan hamkorlik qilmaymiz” deb. Bu – haqiqat. Aytaylik, prezident maktabining birorta öqituvçisi yaşirin holda hamkorlik qilişi mumkin-ku, degan fikr ota-onalarda bölsa, bu öquv markazini heç qaçon sifatli qilib qöymaydi.
Çunki prezident maktablariga öqişga qabul qiliş uçun ötkaziladigan imtihonni Cambridge Assessment tuzadi, yaratadi. U Kembrijdan keladi, u yerda prezident maktabida işlaydigan biror bir xodim test tuzib ötirmaydi, ular juda ham uzoq muddat davomida tuzilgan, aprobatsiyadan ötkazilgan, baholaş va testologiya talablari, pedagogik ölçov böyiça talablarga javob beradigan testlar olib kelişadi. Bu jarayonda prezident maktablari öqituvçilari test tuziş bilan şuğullanmaydi. Bu degani öz-özidan testlar qanday bölişi prezident maktabi öqituvçisi köçadagi öquv markazi öqituvçisidan köp bilmaydi.
Va bir narsani inobatga oliş kerak, prezident maktabida işlovçi odam imtihonga tayyorlay oladi degan fikr notöğri. Hozir tuşuntirganimiz şu fikr xato ekanini isbotlaydi. Ya’ni prezident maktabida işlovçi matematika öqituvçisi Cambridge'ning na öquv dasturlari, na imtihon [testlari] yaratilişida qatnaşmaganidan keyin, öquv markazlari ming hamkorlik qilgan taqdirda ham samarani ta’minlab berolmaydi. Birorta öquv markazi “biz prezident maktabi öqituvçilari bilan hamkorlik qilamiz” deyaptimi, bu birinçidan yolğon, ikkinçidan, rost bölib, kimnidir topib yaşirinça hamkorlik qilgan taqdirda ham samarasiz”, – deydi u.
Pedagogga köra, har qanday öquv markazi haqida gap ketadigan bölsa, uning 2 xil jihatiga qaraş lozim. Birinçisi – markazning joylaşuvi va moddiy-texnik şaroiti. Ota-onalar markazning qayerda joylaşgani, qulay hududdami yoki yöq, yaqinmi yoki uzoq, qolaversa, binosiga qança öquvçi siğişi, gigiyenik jihatdan qançalik tozaligi, barça kerakli şaroitlari borligi yoki aksi kabi jihatlarni inobatga olişi zarur.
“Neçta öquvçisi bor, hojatxonasi yetarlimi, mavjudmi? Ba’zi öquv markazlariga kirsangiz, mana şunday gigiyenik tomondan qiynalasiz, bu qöşimça bosim beradi. Bundan uyalmaslik kerak, söraş kerak, çunki yoş bola, ularda köproq ehtiyoj paydo böladi.
Şaroit yaxşimi, bolalarga moslaştirilganmi, ba’zilarining rakovinalari baland bölib ketgan bölib, bolalarning böyi yetmasligi mumkin. Yoki unitazlari toza bölmasligi mumkin, kimdir u yerni tozalab turadimi, qança muddatda tozalaydi? Ya’ni bu jihatlari ham ayniqsa yoş bolalarni olib boradigan ota-onalar uçun muhim bölişi kerak. Siğimidan taşqari, bino va gigiyenik jihatdan oladigan bölsak.
Keyin öşa binoning yonida yölning boşqa yeriga ötiş piyodalar uçun qulay, xavfsizmi? Buni ham, albatta, hisobga oliş kerak. Baribir qaysi tomondan kelgan taqdiringizda ham, bir marta bölsa ham yölni kesib ötişga töğri kelişi mumkin. Buning uçun svetofor bormi? Bilasiz, Toşkentda YTH qanday darajada köp. Deyarli hammasi yoş bolalar bilan, belgilanmagan joyni kesib ötiş natijasida svetofor bilan tartibga solinmagan piyodalar yölkasida sodir böladi.
Bu ham muhim bölişi kerak deb hisoblayman, masalan, şaxsan farzandimni biror öquv markaziga olib bormoqçi bölsam, birinçi navbatda öquv markazining şu tomonlariga qarab çiqqan bölar edim”, – deydi Şokir Tursun.
Mutaxassis ota-onalarga yuqoridagi jihatlardan keyin öquv markazining metodik jihatlariga ahamiyat berişni tavsiya qildi. Uning sözlariga köra, birinçidan, öqituvçining kimligi va malakasi; ikkinçidan, öquv markazining dasturi qandayligi; uçinçidan, öqituvçining dars ötiş uslubi haqida ma’lumot olişlari muhim.
Bundan taşqari, ekspert yuqoridagi barça nuqtalar obdon tekşirilib, qoniqarli javoblar olingaç, yuridik jihat, ya’ni şartnoma bilan töliq tanişib çiqiş zarurligini, “Newton Academy” bilan boğliq keysda ham ota-onalar şunda xatolikka yöl qöyganini bildirdi.
“Birinçidan öquv markazlariga juda ham uzoq muddatlarga oldindan tölov qilinişini yoqlamayman. Çunki farzandingizga u joy ma’qul kelmasligi, muhiti yoqmasligi, öqituvçini jini suymasligi mumkin. Bu paytda oldindan tölov qilib qöyganingizdan keyin pulingizni qaytarib oliş uçun qandaydir byurokratik muammolarga duç kelişingiz mumkin, sizdan qandaydir foizlarni olib qolişadi. Bu tomonlari ham bor. Va, albatta, tölovni qaytarib oliş kerak bölsa, qanday şartlarda qaytarib oliş mumkinligi haqidagi şartnoma bandlariga alohida e’tibor berişlari kerak.
Çunki hamma ham halol emas, şuning uçun sizga bu jarayonda yordam bera oladigan narsa – şartnoma. Şartnoma şartlarini bajarişga majbur, bajarmaydigan bölsa, tegişli organlarga murojaat qilişga haqqingiz böladi”, – deydi Şokir Tursun.
Mutaxassis ota-onalarga şartnoma asosida oldindan tölov qilgan bölsa, sudga murojaat qilişni maslahat berdi. “Ana öşanda öquv markazlari ham özini sal yiğiştirib oladi”, – deydi u.
Kun.uz öz suriştiruvlarini davom ettiradi. Murojaatlarni @kunuzmurojaat Telegram manziliga yuborişingiz mumkin.
Dilşoda Şomirzayeva,
Kun.uz muxbiri












