Kun.uz 17 dekabr kuni foydalanuvçilar va xizmat körsatuvçi kompaniyalar vakillariga tayanib Özbekistondagi elektromobillarni quvvatlaş uçun örnatilgan stansiyalarni öçirib qöyiş boşlangani haqida xabar bergan edi.
Şundan söng Energetika vazirligi bayonot berib, stansiyalarni tarmoqdan uzib qöyiş böyiça vazirlik tomonidan topşiriq berilmaganini ma’lum qildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ham raddiya berib, “faqatgina qarzdorligi bor iste’molçilar” tarmoqdan uzilayotganini bildirgan edi.
“Hozir ham stansiyalarimiz işlamayapti”
Holat yuzasidan Kun.uzʼga quvvatlaş stansiyalari bozoridagi kompaniyalar yana murojaat qildi.
“Hammasi 9 dekabr kunidan boşlandi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga tegişli taşkilotlar Toşkent şahridagi stansiyalarimizni ommaviy ravişda öçira boşladi. Ayni paytda ham 24 ta stansiyamiz işlamayapti, muhrlab ketişgan. Sabab sifatida elektrdan qarzimiz borligini keltirişyapti. Aksariyat stansiyalar boşqa obektlar – savdo markazlari, restoranlar, mehmonxonalar va supermarketlarning transformatorlariga ulangan. Biz ular bilan şartnoma tuzganmiz. Transformator egalari öz navbatida elektr tölovlarini amalga oşiradi.
Masalan, Index bozoriga 4 ta stansiya örnatganmiz, bu yerda biz subabonentmiz. Ya’ni işlatgan elektr energiyamiz böyiça bozorga tölov qilamiz. Şu nuqtayi nazardan, keyingi oylar uçun ham oldindan tölovlarni amalga oşirib qöyganmiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” xodimlari kelib, faqat bizning stansiyamizni öçirgan, bozordagi boşqa hamma obektda elektr ta’minoti mavjud. Agar qarzdorlik bölsa, butun bozorda elektr öçişi kerak, lekin faqat bizning hisoblagiçimizni muhrlab ketişgan.
Bunday holatlar restoranlarning avtomobil qöyiş joylariga örnatgan stansiyalarimizda ham böldi. Ularda stansiya restoranga tegişli, biz xizmat körsatamiz. Oldindan keyingi 1 oylik taxminiy tölov ham ötkazib qöyilgan. Lekin elektriklar faqat stansiyani tokdan uzgan, restoran odatdagiday işlayapti.
Keyin, aqlli hisoblagiçlar örnatilgan bölsa, pul tugagan taqdirda tizimning özi avtomatik öçadi-ku”, deydi Kun.uz suhbatlaşgan kompaniya rahbarlaridan biri.








