Iqtisodiyot | 20:35 / 03.03.2017
20011
2 daqiqa o‘qiladi

Kun grafigi: Jahonning YaIM qanday taqsimlanadi?

Amerika Qo‘shma Shtatlarining yalpi ichki mahsuloti (YaIM)  dunyo YaIMning deyarli chorak qismini tashkil qiladi - 24,3 foiz. Bu Xitoy ko‘rsatkichlari (14,8 foiz)dan 10 foizga, Yaponiya YaIM (5,9 foiz)dan esa 18 foizga  ko‘p. Insider Pro shu haqidagi ma'lumotini taqdim etdi. 

Dunyo YaIM ulushi bo‘yicha top-10 mamlakat ro‘yxati:

1.  AQSh (18,03 trillion dollar) 
2.  Xitoy (11 trillion dollar) 
3.  Yaponiya (4,38 trillion dollar) 
4.  Germaniya (3,36 trillion dollar) 
5.  Buyuk Britaniya (2,86 trillion dollar) 
6.  Fransiya (2,42 trillion dollar) 
7.  Hindiston (2,09 trillion dollar) 
8.  Italiya (1,82 trillion dollar) 
9.  Braziliya (1,77 trillion dollar) 
10.  Kanada (1,55 trillion dollar) 

Biroq agar bu grafikka mamlakatlar nuqtai nazaridan emas, bloklar nuqtai nazaridan qaralsa, unda Osiyoning  yetakchilik qilayotganini ko‘rish mumkin. U jahon YaIM  uchdan bir qismidan ortig‘i (33,84 foiz)ni tashkil qiladi. Osiyo YaIM Shimoliy Amerika YaIM (27,95 foiz)ni hech qanday qiyinchiliksiz ortda qoldirdi. Yevropa YaIM (21,37 foiz) esa - uchinchi o‘rinda. Mazkur uch blok birgalikda umumiy jahon iqtisodiyotining 4/5 qismini tashkil qiladi. 

Mavzuga oid