Turkmaniston MDH hududidagi eng huşyor mamlakat deb tan olindi. Bunday ma’lumotlar World Population Review tomonidan keltirilgan. Portalda aholisi eng köp içadigan va eng huşyor mamlakatlar aniqlandi.

Qayd etilişiça, Markaziy Osiyo mamlakatlarida musulmonçilik an’analari tufayli odamlar spirtli içimliklarga befarqroq.

Hisobotda aytilişiça, Qozoğistonda odam boşiga örtaça 5,4 litr, Qirğizistonda 3,9 litr, Özbekistonda 2,1 litr (toza spirt) iste’mol qilinadi.

Possovet hududidagi eng past körsatkiçlar Tojikiston (0,7 litr) va Turkmanistonda (0,3 litr) qayd etilgan.

Içiladigan alkogol miqdori böyiça birinçi örinni Şarqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari egallab turibdi. Röyxatda Ruminiya yetakçilik qilmoqda (yiliga kişi boşiga 17,1 litr toza spirt), undan keyingi örinlarda Gruziya (15,5 litr) va Latviya (14,7 litr) bormoqda. MDH davlatlari orasida spirtli içimliklarni iste’mol qiliş darajasi böyiça Moldova (14,1 litr), Belarus (11,4 litr) va Rossiya (10,5 litr) yetakçilik qilmoqda.

Har bir mamlakatda spirtli içimliklarni iste’mol qiliş darajasi keskin farq qiladi va qonunlar, madaniyat va boşqa xususiyatlarga boğliq. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) har bir mamlakatda barça turdagi pivo, vino, kuçli alkogol va boşqa spirtli içimliklar iste’moli darajasini toza spirtda hisoblaydi. Masalan, bir şişa aroq (1,75 litr) taxminan 300 millilitr toza spirtni öz içiga oladi.