Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga yangi rektor tayinlandi
Prezidentning tegishli farmonlari bilan Jasur Solihov Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga, Gulnoza Ismoilova esa Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.
Jasur Solihov
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Jasur Solihov Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.
Jasur Solihov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Buyuk Britaniyaning York universitetida magistr darajasini olgan. Shuningdek, Yaponiyaning «Vaseda» universitetining Xalqaro strategiya yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini tamomlagan hamda Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti Oriyel kollejida tadqiqotchi sifatida faoliyat olib borgan.
U 2014 yildan 2023 yil boshiga qadar Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori sifatida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar Jasur Salihov Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimida 2020 yil noyabridan buyon Adham Bekmurodov ishlab kelayotgandi.
Bekmurodov bir vaqtning o‘zida «El-yurt umidi» jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimini ham o‘zida ushlab turgandi.
Endi uning o‘rniga Gulnoza Ismoilova prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.
Gulnoza Ismoilova — yuridik fanlari doktori, professor. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. «Iqtisodiyot» ixtisosligida ikkinchi mutaxassislikka ega (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti).
Tayinlovga qadar u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
12:18 / 26.08.2025
To‘rtta oliy o‘quv yurtiga yangi rektorlar tayinlandi
19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi
12:48 / 04.10.2024
Antikorrupsiya agentligi tadbirkor rektor ustidan vazirlikka taqdimnoma kiritdi
21:01 / 08.05.2024