Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga olindi
Mamlakatda Kafes-31 operatsiyasi doirasida ko‘plab xorijlik gumondorlar ushlandi.
Foto: Videodan kadr
Turkiya huquq-tartibot idoralari 12 davlatda Interpol xabarnomasi asosida qidiruvda bo‘lgan jami 42 nafar shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Turkiyaning 13 viloyatida o‘tkazilgan «Kafes-31» (Qafas-31) operatsiyasi doirasida gumondorlar ushlangan. Operatsiya Razvedka va xavfsizlik bosh boshqarmasi, Kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi hamda Turkiya Ichki ishlar vazirligining Interpol-Yevropol departamenti hamkorligida o‘tkazilgan.
Gumonlanuvchilar Germaniya, Ozarboyjon, Bosniya va Gersegovina, Eron, Shvetsiya, Finlyandiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Misr, Rossiya, Turkmaniston va O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra qidiruvga berilgan. Qo‘lga olingan o‘zbekistonliklarning soni va ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.
Yerliqoya qo‘lga olinganlarning uyushgan jinoiy guruhga a’zolik, noqonuniy qurol savdosi, giyohvand moddalar savdosi, qasddan odam o‘ldirish, noqonuniy migratsiya, moliyaviy firibgarlik, talonchilik va o‘g‘irlik, rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash kabi jinoyatlar bilan bog‘liqligini aytdi.
Vazirning ta’kidlashicha, 2024 yil boshidan buyon «Kafes-31» operatsiyasi doirasida Interpolning «qizil xabarnomasi» bilan qidiruvda bo‘lgan 114 kishi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
14:45 / 05.12.2025
Samarqand elektr tarmoqlari Turkiya kompaniyasiga operatsion boshqaruvga beriladi
12:14 / 05.12.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Vetnamdan deportatsiya qilindi
17:36 / 01.12.2025
Qozog‘iston va Turkiya dengiz dronlari hujumi bo‘yicha Kiyevga norozilik bildirdi
11:08 / 01.12.2025