Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aholini ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi.
Turkiya statistika byurosining 2025 yil may oyida e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2024 yilda tug‘ilish koeffitsiyenti rekord darajada pasayib, bir ayolga 1,48 bola to‘g‘ri kelgan.
"Xudoga shukr, mening to‘qqizta nabiram bor. Bilasizlar, men oilada kamida uchta bola bo‘lishi kerak deb ko‘p aytaman. Bu kuchli oilaning asosiy sharti. Aholini ko‘paytirishimiz kerak. Bu albatta, bizning xohishimiz emas, balki Yaratganning buyrug‘i", - dedi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘anning to‘rt nafar farzandi bor.
Turkiyada tug‘ilish koeffitsiyenti 60 yildan buyon pasayib bormoqda.
Murakkab demografik vaziyat sababli mamlakatda 2025 yil Oila yili deb e’lon qilingan, tug‘ilishni ko‘paytirish maqsadida qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgandi. Jumladan, yangi oila qurganlarga farzand tug‘ilganida foizsiz kreditlar taklif qilingan, riyeltorlar esa yosh oilalardan komissiya olmaslikka va’da berishgan.
Mavzuga oid
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026
Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
12:03 / 23.04.2026