Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda mashinani yuqori tezlikda boshqargan haydovchi yo‘l-transport hodisasida vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 26 may kuni soat 15:30larda davlat ahamiyatiga ega 4R86 Qamashi-Langar-Maydanak avtomobil yo‘lining 12-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. «Kobalt» mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketgan va mashina ag‘darilgan. Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. «Kobalt»da yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxs esa shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, haydovchi mashinani boshqarish jarayonida belgilangan me'yordan oshiq holda, juda yuqori tezlikda harakatlangan.
Qayd etilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Qamashi tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov-surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:32 / 18.01.2026
Masdar kompaniyasi Qashqadaryoda quyosh stansiyasi va energiya saqlash tizimi quradi
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
15:31 / 29.11.2025