Farg‘onada tilanchilik qilayotgan bolali ayolni tepgan PPX xodimi ishdan olindi
Farg‘ona shahrida farzandi bilan tilanchilik qilayotgan ayolni tepib, mashinaga o‘tirishga majburlagan PPX xodimi ishdan bo‘shatildi. Viloyat IIB ayol «faol qarshilik ko‘rsatib, qo‘lidagi bolasini yerga tashlab yubormoqchi bo‘lgani»ni qayd etgan.
Farg‘ona viloyatida ayol kishini xizmat avtomobiliga o‘tqazishda ortiqcha qo‘pollik ishlatgan IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi natijalari ma’lum qilindi. Viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qilishicha, xodim lavozimidan bo‘shatilgan.
Qayd etilishicha, voqea 18 sentabr kuni post-patrul xizmati xodimlari Farg‘ona shahri Islom Karimov hamda Quvasoy ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.
«Videotasvirdagi ayol tilanchilik bilan shug‘ullanayotgani uchun u bilan profilaktik suhbat o‘tkazish maqsadida ayoldan yo‘lning qatnov qismidan chetga chiqishi so‘ralgan. Bundan ayolning jahli chiqib, xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan. Ayolni IIBga olib ketmoqchi bo‘lganda qo‘lidagi yosh bolasini yerga tashlab yubormoqchi bo‘lgan payt xodimlar tomonidan ushlab qolingan», — deyiladi IIB xabarida.
Boshqarma xodimning keyingi xatti-harakatlari «jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘lgani»ni ta’kidladi.
Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, «kasb odobi va etikasiga amal qilmay, noo‘rin harakatlar sodir qilgan» PPX xodimi lavozimidan bo‘shatildi.
Viloyat IIB barcha shaxsiy tarkibi yuqoridagi kabi harakatlarni sodir etmasliklari yuzasidan qat’iy ogohlantirilgan.
Mavzuga oid
12:39 / 12.11.2024
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdorning o‘zi korrupsiya bilan qo‘lga tushdi
13:10 / 10.11.2024
“Bahordan boshlab qishga tayyorlanamiz” – qish qarshisidagi farg‘onaliklar
11:06 / 03.11.2024
Farg‘onada ariqdan erkak kishining jasadi topildi
18:05 / 25.10.2024