Farğona şahridagi 10-maktabning 11-sinf öquvçisi Dilafruz Jöraboyeva Microsoft kompaniyasining yoşlarga möljallangan Microsoft Learn Student dasturi Özbekistondagi ilk ayol ambassadori böldi. Endilikda u Microsoft kompaniyasining Özbekistondagi yuzi sifatida faoliyat olib boradi.
Kun.uz muxbiri 16 yoşida Microsoft’ning rasmiy elçisi unvoniga sazovor bölgan qiz bilan muvaffaqiyat yöli, orzulari va kelajak rejalari haqida suhbatlaşdi.
Qişloqdan şaharga köçib kelgan qiz
“Asli Buvayda tumanidanman. Bolaligimda birinçi sinfni yaxşi baholarga tamomlay olmaganim uçun oilaviy Farğona şahriga köçib kelişga majbur bölganmiz.

Bir muddat özimni jurnalist sifatida ham kördim. Vaqtlar ötib Farğona şahriga ham zamonaviy kasblar kirib kela boşladi. “Najot ta’lim” markazidagi SMM kursiga röyxatga yozildim. Ikki kundan keyin markazdan dasturlaş kursiga taklif qilişdi. Boşida bu kasbni eplay olmasam kerak deb qörqqanman. Çunki SMM’da köproq öğil bolalar muvaffaqiyatga erişadi deb öylar edim.

Sport sohasidagi dasturçilik işlarida ham özimni sinab kördim. Lekin dasturlaşda ham öz yönalişim bölişi kerak degan qarorga keldim va Backend (vebsayt va mobil ilovalarning içki qismi) sohasiga kirdim.
Sohada köproq bilim orttiriş uçun 15 yoşimda Toşkent şahriga köçib ketişga majbur bölganman. Albatta, bu yoşda katta şaharda yaşaş men uçun oson bölmadi. Ustozim qiziqişlarimni körib Microsoft’dagi tadbirlarga jalb qila boşladi. Microsoft bir qismi bölişim haqida esa umuman öylamagan edim.
Microsoft MLSA loyihasida qatnaşgan Özbekistondagi yagona maktab öquvçisi
Özbekistonda birinçi marta “Microsoft Developers Community Uzbekistan” jamoasiga asos soldik. Şu jamoa bilan birga katta tadbir taşkil etdik va unda minglab odamlarga köngilli sifatida yordam berdim. Microsoft’da işlaşni astoydil xohlaganman. 16 yoşga tölganimda Microsoft ambassadori sifatida faoliyat yuritişni boşladim. Keyinçalik ustozim bilan Microsoft doirasidagi maxsus dasturga tayyorgarlik köra boşladik.






















