Farğona şahrida ariqdan 46 yoşli erkak ölik holda topildi. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.

2024 yil 2 noyabr kuni soat 08:30 da Farğona şahar prokuraturasiga IIB navbatçilik qismidan şaharning “Çekşöra” MFY Çaroğon köçasidan ötgan ariqdan noma’lum şaxsning murdasi tan jarohatlarisiz topilgani xabari berilgan.

Holat yuzasidan Farğona şahar prokurori rahbarligida tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi va murda közdan keçirilganda, işga aloqador holatlar aniqlanmagan va aşyoviy dalillar olinmagan.

Tezkor suriştiruvlar davomida marhum 1978 yilda Rişton tumanida tuğilgan, Farğona şahri “Ilğor” MFY Farovon turmuş köçasidagi xonadonlarning birida yaşovçi S.R. ekani aniqlangan va u turmuş örtoği N.J. tomonidan tanib olingan.

Ölim sababini aniqlaş maqsadida ötkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga köra, marhumning tanasida jarohatlar aniqlanmagan.

Erkakning ölimiga “nafas yöllarining suv bilan berkilişi oqibatidagi mexanik asfiksiya” sabab bölgani haqida xulosa berilgan.

Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Farğona şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.