Farğona viloyatining gazlaşmagan hududlarida ham sovuq kunlarga tayyorgarlik avjida. Aholi ötin va kömir ğamlaş bilan ovora. Kömirning 1 kg 1 300 sömdan 2 000 sömgaça sotilmoqda. Ötin narxi esa daraxt turiga qarab xar xil. Marğilonlik Muborakxon Davronova ötin-kömirdan pulni tejaş uçun yil böyi yonğoq va pista pöçoqlarini qişda peçda yoqiş uçun yiğadi.
Muborakxon Davronova töplagan pöçoqlarini yoqişni boşladi
“Qiş uçun bu yil ham ötin-çöp yiğa olmadik. Bahordan boşlab pista pöçoq bormi, yonğoq pöçoqmi, danak bormi, terib kelib töplayman. Kuçimiz yetsa, arzonlaştirilgan kömir olib kelib yoqamiz, bölmasa yöq. Oilada 9 jonmiz.

Yonğoq pöçoqlarni ham yondiraman. Uvol qilgim kelmaydi. Qiş mavsumiga yoqamiz desak oilamiz uçun 1,5 tonna kömir ketadi”, – deydi Muborakxon Davronova.

Endi bahorgaça tinim yöq...
“Qahraton qiş yaqin. Kunlar sovidi degunça işim boşlanadi. Biz yaşaydigan hududlarga tabiiy gaz yetib kelmagan. Arram bilan xonadonma xonadon yurib, ma’lum haq evaziga odamlarga ötin qilib beraman.

Ilojsizlikdan aholi mevali daraxtlarini ham kesişga tayyor. Şu bilan bahorgaça tinim yöq”, – deydi ötin kesuvçi Xolmatjon Jörayev.
Qozoq kömiri xaridorgir...
“Qozoğiston kömirining maydaroğini 1 700 söm, yirigini esa 1 900 sömdan sotyapmiz. Qirğiz kömirlarimiz ham bor. Ularning ham narxi qozoq kömiri bilan bir xil.

Qozoq kömirining alangasi kuçli böladi, yaxşi yonadi. Çöği uzoqroq turadi. Şuning uçun bölsa kerak, aholi asosan qozoq kömiridan sotib olyapti.

Odamlar imkoniyatiga qarab kimdir 500 kg, kimlardir 1 tonnagaça kömir sotib olyapti”, – deydi kömir sotuvçi Azizbek Hakimov.
Otamga yordam beraman...
“Ötin sotiş işlarida otamga yordam beraman. Ayni kunlarda bir Labo örik ötin holatiga qarab 550 ming sömdan 600 ming sömgaça, terak ötin esa 450 ming söm sotilyapti.



Ötinlar xöl-quruqligiga qarab ham narxida farqlanadi. Yaxşi qurigan ötinlarni 600 ming sömdan sotyapmiz. Ötinlar asosan buzilgan boğlardan olib kelinyapti”, – deydi marğilonlik Muhammadayub Abdusattorov.
6 tonnadan ortiq kömir tuşirdik...
“Qöşnilarim bilan birgalikda 6 tonna 80 kg kömir tuşirdim. Kömirlarni ombordan 309 sömdan sotib oldik. Bu har bir oilaga 1 tonnadan töğri keldi degani. Bölişib olamiz. Oilada 4 kişimiz. Qiş mavsumiga 4 tonna kömir sotib olganmiz.

4 tonna kömir bilan qişdan eson-omon çiqib olişni reja qilib turibman. Ötin ham sotib olganman”, – deydi marğilonlik Abduhalim Ergaşev.
Bir oz tin olgan ötin bozorlari ham ança “qimirlab” qolgan.

Rişton tumani markazida bir “peraşkavoz” örik ötin ayni paytda holatiga qarab 1 mln sömdan 1 mln 700 ming sömgaça sotilyapti.

Qişda qişloqliklarning joniga oro böladigan bir ZILdagi “opilka” esa 1 mln 600 ming sömdan sotilyapti.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Sardor Mamirov











