Bugun, 30 aprel kuni Alişer Navoiy nomidagi özbek tili va adabiyoti universiteti tadbirlar zalida şoir Safar Olloyorning «Odam va omad» nomli asari taqdimoti bölib ötdi.
Tadbirda adabiyotşunos olim va şoirlar, universitet talabalari, ijodkorning muxlislari va oila a'zolari, şuningdek, OAV xodimlari iştirok etdi.


«Odam va omad» kitobi sakkiz dostonni öz tarkibiga olgan («Saxovat sarobi», «Muhojirlik - muhtojlik», «Nomsiz Armon», «Serreja rejissyor», «Tilsiz tilsim», «Ermak ertak», «Odam va Hayqiriq») zarbuldoston turkum hisoblanadi.
Qiyoslaş uçun, şu paytga qadar xalq oğzaki ijodida qirqdan ortiq dostonlarni birlaştirgan «Göröğli», yozma adabiyotda «xamsa»çilik an'analari, şuningdek, Çori Ergaşning yigirma dostondan iborat «Rahmon vasvasi» turkum janrida yaratilgan asarlar sirasiga kiradi.

Kitob taqdimotida sözga çiqqanlar, «Odam va omad» asarining mazmun-mohiyati, uning kitob şakliga kelgunça bölgan jarayonlar, şuningdek muallif haqida öz fikrlarini bildirişdi.



«Odam va omad» asarini öqiganlarning köpçiligi unga zarbuldostoni nimasi tağin, şunaqasiyam bor ekanmi deganday qaradilar. Aslida biror bitikning qandayligi uning tasavvurimizga mos keliş-kelmasligi bilan belgilanmaydi. E'tiborimizga sakkiz doston qöşiluvidan hosil bölgan bitta zarbuldoston asari havola qilingan. Bitikning yaxlitligi nimada? Sakkiz butunlikni özaro birlaştirib turuvçi mohiyat nimadan iborat? Bu dostonlar sakkizligida nima bor özi? Ulardagi tasvir öquvçiga nimasi bilan qiziqarli va badiiy-estetik jihatdan ahamiyatli? Bitikni öqiş asnosida şu savollarga javob izlansa, maqsadga muvofiq böladi. Öquvçi ham, sinçi olim ham asardan unda yöq narsani emas, bor narsani qidirgani ma'qul.






